“O‘zmilliybank”AJ Navoiy bosh boshqarmasi tomonidan Nurota tumani Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi 5 nafar kambag‘al oila a’zolari bandligini ta’minlash, oilaviy daromadini yaxshilash maqsadida homiylik asosida uch g‘ildirakli elektr mototsikl bilan ta’minlandi.

Yurtimizda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni dasturilamal vazifasini bajarmoqda. Unga ko‘ra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda esa 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. 

Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so‘m, 2025 yilda 15 trillion so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlanadi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan “O‘zmilliybank”AJ Navoiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Xusen Amonov elektr mototsikllarni o‘z egalariga topshirar ekan, endilikda ushbu 5 nafar oila vakillari bandligini ta’minlagan holda mazkur vositalardan unumli va samarali foydalanib, o‘z daromadlarini oshirishlariga ishonch bildirdi. 

O‘z navbatida oilalar vakillari ham kambag‘allik darajasidan chiqib ketishlarini, oilaviy daromadlarini oshirib, turmush farovonligini yaxshilab olishini bildirdi. Viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalda