Ma’lumki, joriy yilning 12 fevralida “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Mazkur hujjatga muvofiq, 2025 yil 1 apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
Xo‘sh, “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordamlar qay tartibda ko‘rsatiladi?
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejada kambag‘al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi.
“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/qCC3OWWIYXs" title="Kambagʻal oilalarga ijtimoiy yordam turlari qay tartibda koʻrsatiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi Sahobiddin Davronov mazkur farmonning asosiy maqsadlari, unda belgilangan vazifalar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA