“Kamalak” yulduzlari aniqlandi
Nukus shahrida “Kamalak” yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda festivalning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 350 nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.
Festival bellashuvlari Yesjan baxshi nomidagi bolalar musiqa va san’at hamda Progress ta’lim va rivojlantirish markaziga qarashli 46-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida olib borildi.
Festival yakunida yo‘nalish va yosh toifasi bo‘yicha 54 nafar iqtidorli o‘quvchi g‘olib deb topildi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-5035]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA