AQSH vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan davlat rahbarligiga nomzod Hindiston va Yamaykadan kelgan muhojirlarning qizi Kamala Xarris 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida respublikachi nomzod Donald Trampni mag‘lub etsa, AQSH Prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayolga aylanadi.

Kamalaning xolasi, Hindiston janubidagi Tamilnad shtatidan 80 yoshli nafaqaxo‘r Sarala Gopalan aytishicha, jiyani fe’l-atvoriga marhum onasining mustaqilligi va odillik tuyg‘usi o‘tgan. 1958 yil AQSHga tibbiyot ilmini o‘rganish uchun kelgan va ko‘krak saratoni bo‘yicha tadqiqot olib borgan opasi Shyamala Gopalan Kamalaning tarbiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

– Opamning muayyan qarashlari bor edi, – deydi Sarala shtat poytaxti Chennai chekkasidagi kamtarona uyida “Kyodo News” muxbiriga. – Zero, o‘sha davrda Hindiston janubidagi oilaning 18-19 yoshli qizi AQSHga o‘qishga borishini hech kim tasavvur qila olmagan. Xullas, Nyu-Dehlidagi talaba chet elda o‘qishga qaror qilgan va stipendiya olish uchun ariza topshirgan. Opam hammasini hech kimning yordamsiz qo‘lga kiritdi. U qizlari Kamala va Mayyani ham shunday o‘stirgan.

Yamaykalik iqtisodchi Donald Xarris bilan Shyamala fuqarolik huquqi harakatiga qo‘shilganda tanishgan.

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqach, partiya nomzodligini rasman qabul qilgan Kamala Xarris avgust oyida Demokratik partiya Milliy qurultoyidagi nutqida ota-onasi ajrashgandan keyin, boshlang‘ich maktabda o‘qib yurganda uni onasi tarbiyalaganini ta’kidladi.

– Onam bizga hech qachon adolatsizlikdan shikoyat qilmaslik, balki bu yo‘lda nimadir qilishni o‘rgatdi, – deydi u.

Gopalan ham Shyamala adolatsizlikni umuman qabul qilmaganini ta’kidlaydi:

– U qizlariga haqiqat uchun kurashish, to‘g‘ri ish qilish va odamlarga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini uqtirardi. Shyamala 2009 yil yo‘g‘on ichak saratonidan vafot etgach, Xarris qarindoshlari bilan birga onasining kuydirilgan jasadi kulini Bengal ko‘rfaziga sochish uchun Chennayga uchib ketdi. Kamala sulolaning hindistonlik a’zolarini hurmat qiladi.

Joriy yil oktyabr oyi boshida Gopalan Xarris bilan bog‘lanib, suhbat chog‘ida hamma o‘zini Kamalaning “chitti”si (tamilcha “xola” ma’nosini anglatadi) deb chaqirayotgani, asl ismi sharifini, shaxsini yo‘qotayotganini hazil bilan aytdi. Shunda Kamala kulib, “xavotirga o‘rin yo‘q”, degan.

Prezidentlik saylovi haqida so‘ralganda, Sarala jiyani hayotidagi muhim yutuqqa erishishini ajoyib ish, deb hisoblashini ta’kidladi.

– Sog‘ligim imkon bersa, men inauguratsiya marosimida ishtirok etaman, lekin bu agar yutqazsa, men jiyanimni ziyorat qilmayman, degani emas, – dedi Gopalan. – Boraman, u oilamizning bir bo‘lagi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamala Xarris shaxsi immigrant ona qadriyatlari asosida shakllangan