Kakaydi garnizonida navbatdagi nazorat-tekshiruv oʻtkazilmoqda
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Kakaydi garnizoni harbiy xizmatchilari jangovar shayligi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Tekshiruvning birinchi kunida harbiy xizmatchilarning hujjatlari, ust-bosh kiyimlari, yuk qoplari butligi, qurollari hamda o‘quv-moddiy bazalari mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan tayinlangan hay’at tarkibi tomonidan tekshirildi.
Shundan so‘ng harbiy qism shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi hamda saf qo‘shiq aytishlari sinovdan o‘tkazildi.
Tekshiruvlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar shayligi va jipsligini tahlil qilish va baholash, shuningdek, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorligini nazoratdan o‘tkazishdan iboratdir.
Rejaga asosan o‘tkazilayotgan tekshiruv davom etmoqda.


Akbar AHMEDOV,
III darajali serjant.
O‘zA