Navoiy shahridagi monomarkazda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Muhandis kadrlar tayyorlash, shu jumladan, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

“NKMK” AJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor Xolmamat Raupov boshqarib borgan matbuot anjumanida Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Otabek Rahmatov axborot berdi.  

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda kombinatda 47 ming nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilib, ularning 6 ming 215 nafarini xotin-qizlar, 12 ming 904 nafarini 30 yoshgacha yoshlar, 11 ming 911 nafarini esa oliy ma’lumotli xodimlar tashkil qiladi.  

[gallery-10429]

– Kombinat tomonidan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishchi-xodimlarni oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish uchun 2022 yilda 12 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi, – dedi O.Rahmatov. – bugungi kunda kombinatda faoliyat olib borayotgan kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlari, Zarkent qo‘rg‘onida 5 ta o‘quv markazi mavjud bo‘lib, yakunlangan yilda ushbu markazlarda qariyb 13 ming nafar ishchi-xodimlar o‘qitildi. Ularning 6 ming nafarga yaqini qayta tayyorlandi va 7 ming nafarining malakasi oshirildi. Ishlab chiqarishga muhandis kadrlarni tayyorlashda kombinat tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Har yili ushbu oliy o‘quv yurtlari hamda Zarafshon sanoat texnikumi va Uchquduq konchilik texnikumining talabalari kombinat korxonalarida amaliyotni o‘taydilar va ularning aksariyati keyinchalik ishga joylashtiriladi.  

Aholini kasb-hunarga o‘qitishning yangi tizimini tashkil etish, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash maqsadida “NKMK” AJ ko‘magida Navoiy shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022 yilda ushbu monomarkazda kombinat uchun 1014 nafar tinglovchi ta’lim olib, mutaxassisligi bo‘yicha kombinat bo‘linmalarida amaliyot o‘tashdi.  

Matbuot anjumanida 2023 yilda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.  

– Ishchi-xodimlar kombinatning asosiy boshligi sanaladi. Muhandis kadrlar tayyorlash, shu jumladan, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot tannarhini pasaytirishga xizmat qiladi, – dedi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Otabek Rahmatov. – Joriy yilda kombinat o‘quv markazlarida 12 ming nafardan ortiq ishchilar o‘qitilishi, respublikaning malaka oshirish o‘quv markazlarida 800 nafardan ortiq xodimlar hamda xalqaro o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 50 nafar mutaxassislarning malakasini oshirish rejalashtirilgan  

Matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.  

A.Bo‘riyev,  

S.Aslonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash – muhim vazifa