Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.

Oxirgi 7 yilda oliy ta’limda qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsada, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi.

Misol uchun, yiliga 20 ming avtomobil chiqarayotgan “BYD” zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni bor. Shuning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash muhandislari.

Zavodda kadr yetishmayotgani uchun xorijdan 80 nafar mutaxassis kelib ishlamoqda. Zavod 4-5 yilda to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 ming avtomobil chiqarishni boshlasa, 4 ming nafar oliy malakali kadrlar kerak bo‘ladi.

–Bu – bitta loyiha bo‘yicha hisob-kitoblar. Yaqin 3-4 yilda ishga tushadigan 83 milliard dollarlik yirik loyihalar hisobiga sanoatni o‘zida 500 mingga yaqin kadr zarur, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojga mos emasligi qayd etildi