Prezident tashabbusi — amalda

Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga munosib hissa qo‘shuvchi iste’dodli va fidoyi mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yaqinda  o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigi barchamizning qalblarimizda o‘zgacha shukuh uyg‘otdi, dillarimizni faxr-iftixorga to‘ldirdi. Shunisi ahamiyatliki, davlatimiz rahbarining mazkur tabrigini yangi jamoamiz alohida mas’uliyatli va sharafli maqsadlar bilan qabul qildi.

“Barchamizga ayonki,muallimning obro‘-e’tibori — bu avvalo, millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir. Shu bois, biz keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz ҳаё­тидаgi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirmoqdamiz”, dedi Prezidentimiz o‘z tabrigida.

Darhaqiqat, agar so‘nggi yillarda Prezident nazarida bo‘lgan sohalar monitoringi olib boriladigan bo‘lsa, davlatimiz rahbari tomonidan eng ko‘p gapirilgan, e’tibor qaratilgan soha ta’lim tizimi ekaniga shubha yo‘q. Bir hisoblab ko‘ring,  besh-olti yil ichida sohaga qaratilgan qancha farmonu qarorlar qabul qilindi, necha-necha dasturlar hayotga тат­биқ etildi. Qancha maktab va bog‘cha qurildi, qayta ta’mirlandi. Yangidan qad rostlagan, ish boshlagan oliy ta’lim dargohlari-chi?! 

Albatta, tarix bu bunyodkorliklarga, islohotlarga o‘z bahosini beradi. O‘rni kelganda shuni faxr bilan aytmoqchimanki, bizning Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi ham ana shu insonparvar сиё­сатнинг bir mevasi, desam aslo adashmagan bo‘laman. Bu hech shubhasizki, Prezidentimiz tomonidan olg‘a surilgan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaning yaratuvchilik kuch-qudratidan bir nishonadir. 

bugungi hayotimiz xalqimizning uzoq kutgan orzu-umidlari ro‘yobi bilan ham yanada qadr topib, quvonchu shodliklarga burkanib bormoqda. Жамия­тимиздаgi qaysi jabhani olmang, beixtiyor shunday xulosaga kelasiz. Birgina odamlarga munosib mehnat sharoiti yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, ilg‘or va samarador mexanizmlarini joriy etish borasida qilingan ishlarni olaylik. Shunda ko‘z oldimizda Yangi O‘zbekiston sharoitida shakllangan nodir tajriba namoyon bo‘ladi.

Bular, birinchidan, oliy ta’limning isloh qilingani, yoshlarimizning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani bilan izohlanadi. Ikkinchidan, har yili munosib yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Ularda, asosan, yoshlar, ayollarni ish bilan qamrab olishga ustuvor ahamiyat qaratilayotir. Uchinchidan, mehnat jamoalarida fuqarolarning haq-huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish bosh maqsad qilingan.

Bugun bu boradagi ishlar yangi bosqichda davom etmoqda. Yuqorida eslatganimizday,Prezidentimizning 2021 yil 23 avgustdagi “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy o‘quv yilidan Toshkentda yangi akademiya ish boshladi.

Tabiiyki, ko‘pchilik yurtdoshlarimizni, ayniqsa, yoshlar va ularning ota-onalarini Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi faoliyati bilan bog‘liq savollar qiziqtiradi. Shuni nazarda tutgan holda bugun akademiyamizhaqida batafsil so‘z yuritishni maqsad qildik.

Insonparvarlik muhiti faollashtirilib, milliy taraqqiyotimizning 

yangi moduliga asos solinadi

Davlatimiz rahbari Prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan ilk kunlardayoq “Odamlar ertaga yoki uzoq kelajakda emas, bugun ham baxtli yashashi kerak” degan g‘oyani ilgari surib, юртдош­ларимиз hayotiga yangi shukuh bag‘ishladi. Shu tariqa mamlakatimizda mutlaqo yangi, xalqparvar ижти­моий muhit paydo bo‘ldi.

Endigi vazifa mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida yetuk kadrlar tayyorlash, mehnat muhofazasi normalariga amal qilish bo‘yicha profilaktik ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

Bu oddiy odamlarga nima beradi?

Avvalo, mehnat muhofazasi normalariga amal qilmaslik oqibatida ishlab chiqarish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘plab baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi qonun buzilishi holatlariga barham berishda muhim o‘rin tutuvchi ixtisoslashgan mutaxassislarga mehnat bozorida mavjud talabni qondirishda lokomotiv vazifasini bajaradi. 

Uchinchidan, mehnat sharoitlarining sanitariya ­qoidalari va gigiyena normativlariga javob berishini ta’minlab, xodimlarning kasb kasalliklariga chalinish darajasini kamaytirish imkonini beradi. 

To‘rtinchidan, mehnat munosabatlari sohasiga oid muammoli masalalarga oqilona yechim topish imkoniyatlari kengayadi. 

Beshinchidan, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida xalqaro talablar va standartlarga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlarining ixtisoslashgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, sohaga oid muammolarni ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etishda yangi davr boshlanadi. 

Shu besh muhim masala o‘z yechimini topishi жамият­даgi insonparvarlik muhitini faollashtirib, milliy taraqqiyotimizning yangi moduliga asos solishi ham kundek ravshan. Boisi, qachonki inson o‘z mehnat jamoasida qadr topsa, haq-huquqlari, kuchli ijtimoiy himoyasi ta’minlansa, shundagina ish unumdorligi oshadi, fuqarolarda islohotlarga bo‘lgan ishonch ortadi va daxldorlik hissi kuchayadi. 

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi shu kabi dolzarb masalalarga istiqbolli yechim topish maqsadida tashkil etildi. 

Akademiya haqida so‘z ketganida, uning yangi muhtasham binosi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, akademik salohiyati, kadrlar tayyorlash yo‘nalishi, istiqboldagi xalqaro hamkorligi haqida ham to‘xtalib o‘tish joiz.

Akademiya yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor timsoli. Bunda mamlakatimiz yigit-qizlarini sifatli oliy ta’limga qamrab olish, ularning kelajak orzularini ro‘yobga chiqarish yo‘lida barcha huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarni yaratish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, munosib ish o‘rni bilan ta’minlash kabi jihatlar amalda o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, barcha zamonaviy qulayliklarga ega, dunyo yoshlari havas bilan qaraydigan muhtasham ta’lim muassasalari barpo etish ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. 

Akademiyamiz Toshkentning eng bahavo joyida joylashgani va zamonaviy tipda qayta qurilgani ham so‘zimiz isbotidir. Bu yerda talabalar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan alohida yotoqxona ham bunyod etilmoqda. Mazkur yotoqxona 2023 yilning yanvar oyidan boshlab talabalarni qabul qiladi. Qolaversa, qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ko‘magi bilan “Buyuk ipak yo‘li” metro bekatidan akademiyagacha bo‘lgan masofada talabalar uchun maxsus transport qatnovini yo‘lga qo‘yish borasida ham ish olib bormoqdamiz.  Bir so‘z bilan aytganda, akademiyada yaratilayotgan sharoitlar yurtimizda yoshlar siyosati eng yuqori o‘rinda ekanining yana bir isbotidir.

Bir jihatni alohida qayd etish kerakki, Ўзбекис­тон kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi ayni paytda Markaziy Osiyoda yagona sanaladi.

Bilimli va malakali kadrlarni tayyorlash har jihatdan salohiyatli o‘qituvchilarga bog‘liq. Shu ma’noda akademiyaning pedagogik jamoasini шакл­лантирishga jiddiy e’tibor qaratildi: professor-o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilindi.

Oliy va amaliy matematika, fizika, kimyo, ishlab chiqarishda kompyuter savodxonligi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi bilan ishlash, inson resurslarini boshqarish tarixi va xorijiy tajriba, menejment va marketing kabi 30 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha o‘qituvchilar belgilangan mezonlarga muvofiq tanlov asosida ishga saralab olindi. Ayni paytda akademiyada professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat ilmiy jamoa shakllantirilgan. Eng muhimi, bu o‘qituvchilar zamon talablari asosida fikrlash va yoshlarga saboq berish ko‘nikmasiga ega.

Kadrlar tayyorlash.

Istiqboldagi xalqaro hamkorlik

Akademiya oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — mehnat sohasida xalqaro darajadagi kadrlarni yetkazib berish. Shu bois, innovatsion, ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, o‘quv tizimiga yetakchi xorijiy tashkilotlar tajribasini joriy etishni maqsad qilganmiz. 

Akademiyada “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”, “Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Psixologiya”, “Менеж­мент”, “Mehnat huquqi” kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Joriy o‘quv yilida akademiyada o‘qish istagi bilan 1200 ga yaqin talabgor hujjat topshirgan bo‘lsa, ulardan 250 nafarga yaqini talaba bo‘ldi. Ular yaqin kelajakda mehnat muhofazasini ta’minlash, odamlar ish sharoitini yaxshilash, psixologiya, mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qodir yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komil. Boisi, biz bu sohalarga ilmiy asoslangan va markazlashgan holda e’tibor qaratmoqdamiz.

Buning uchun akademiyada ta’lim yangi texnologiyalar asosida jihozlangan auditoriyalarda olib borilmoqda.Bu yerda elektron kutubxona, fizika va kimyo bo‘yicha zarur jihozlarga ega zamonaviy laboratoriyalar, sport kompleksi, yopiq sport zali mavjud. Ta’lim jarayoni avtomatlashtirilishi bo‘yicha “Platforma” majmuasi ham joriy etilgan. Bepul internet, kutubxonaning o‘quv va elektron zallari mavjud bo‘lib, talabalarga axborot-resurs markazimiz orqali Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan masofaviy bog‘lanib, u yerda mavjud darsliklar va adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Asosiy mashg‘ulotlardan so‘ng talabalarning fanlar bo‘yicha mustaqil shug‘ullanishi uchun kompyuter sinflari va maxsus xonalar bor. 

Faoliyatimizda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, o‘zaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, hozirgacha qator xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bu boradagi tajribasi yaqindan o‘rganildi. Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Italiya, Koreya, Ozarbayjon, Belarus kabi davlatlardagi institutlar, tegishli milliy va xalqaro tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. 

Yana bir yangilikni aytib o‘tishimiz kerak. 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilganimizda, sirtqi ta’lim bor-yo‘qligi yuzasidan ham ko‘plab savollar kelib tushdi. 

Ochig‘ini aytganda, hozir mehnat va ijtimoiy sohalarda o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarning ham tajribasi katta. Ana shunday toifadagi yoshlarimiz uchun akademiyada masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 25 sentyabridan sirtqi ta’limning bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ham qabul e’lon qildik. 

Sirtqi ta’limga ehtiyoj mavjud. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida ish olib borayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarda o‘zlari ish olib borayotgan yo‘nalishda kattagina tajriba to‘plangan bo‘lib, amaliyotda bu muhim ahamiyat kasb etadi. 

Akademiyamizda sirtqi ta’lim yo‘nalishi ochilishi ana shunday amaliyotchi yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish imkonini beradi.Ya’ni nazariy jihatdan ular malakasini oshirib, zamon talabidan kelib chiqqan holda ham ilmiy, ham amaliybilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yetuk kadrlarni yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

Bizda sirtqi bo‘lim ochilishi yana yuzlab iqtidorli yoshlarning zamonaviy kadr bo‘lib yetishishi, банд­лик va mehnat munosabatlari sohasida samarali tizim yaratilishiga xizmat qiladi.

Sirtqi ta’limning yana bir muhim jihati borki, bu, avvalo, ta’lim olish istagidagi yuzlab yigit-qizning oilasiga farovonlik olib keladi. Zero, ta’lim qanday shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talabalarning oilasida xotirjamlik, farzandining kelajagidan ko‘ngil to‘qlik muhiti paydo bo‘ladi.

Xalqaro va milliy mehnat standartlari, mehnat huquqi, inson huquqlari, mehnat tibbiyoti, ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalasi akademiya oldida turgan muhim vazifalardan biri. Shu bois, kelgusida akademiyada ta’limning nafaqat magistratura, balki doktorantura bosqichini ham ochishni maqsad qilganmiz.

bugungi kunda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ham qiziqish bildirmoqda. Bu ham oldimizga katta vazifalar qo‘yadi. 

Prezidentimizning “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ahamiyatini yana qator hayotiy jihatlarda ko‘rishimiz mumkin.Xususan, bu yerda zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida talab yuqori kasblar, yo‘nalishlar va мuтахассислик­лар bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanishi belgilangan. 

Akademiyada ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, talabalar va yosh mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish, ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari tajribasini joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Istiqbolli bitiruvchilarni xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga tegishlicha bakalavriat, magistratura hamda doktoranturada o‘qishga yuborish orqali akademiyaning ilmiy-pedagogik salohiyatini yanadaoshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini takomillashtirish ham galdagi vazifalar sirasidandir. 

Bu yerda ijtimoiy-mehnat munosabatlari mutaxassislari, kasaba uyushmalari tizimi hamda tibbiy profilaktika muassasalari xodimlarini zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda tajriba orttirishini tashkil etish borasida ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorijlik hamkasblarimiz fikri

Yaqinda akademiyamizning tantanali ochilish marosimida turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan birga Хал­қаро mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘iliston kabi xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbar va mutasaddilari ham ishtirok etdilar.

Ular marosimni yuksak baholab, Prezidentimizning ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi tashabbuslari amalda o‘z isbotini topayotgani, O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” тамойи­ли hayotda munosib aks etayotganini e’tirof qildi.

Jumladan, Xalqaro mehnat tashkilotining loyiha koordinatori Anastasiya Dubova quyidagi fikrlarni bildirdi:

— Ushbu akademiyaning ta’lim sohasida хал­қаро darajaga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatlari mavjud. Chunki ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarga katta ehtiyoj bor. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining Turindagi o‘quv markazi bilan hamkorlikda qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirish ham rejalashtirilgan. Bu akademiyada tayyorlanadigan mutaxassislarga ikki tomonlama, ya’ni mehnat qonunchiligi borasida ham milliy, ham xalqaro darajada tayyorgarlikdan o‘tish imkonini beradi. Shu bilan birga, sohaning xalqaro nuqtai nazardan istiqbolini ham belgilash imkoniga ega bo‘ladi. 

Akademiya o‘quv dasturlari barcha xalqaro standartlarga javob beradi. Shuningdek, akademiya eng zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan. Bir so‘z bilan aytganda, akademiya o‘z talabalari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda, — deya e’tirof etdi A.Dubova.

Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi vakili Anna Salnikova ham O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi ochilishini katta tarixiy voqea deya baholadi: 

— O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivoj topib bormoqda. O‘zbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilayotgani quvonarli. Aynan mana shu жараён­лар kechayotgan bir davrda mazkur akademiyaning 

ochilishi juda katta tarixiy voqea bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasida mustahkam va samarali ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklik yo‘lga qo‘yilgan va u tobora takomillashib, rivoj topib bormoqda. 

So‘zsiz, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasi rivojida malakali kadrlar nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Mazkur akademiya ana shunday yetuk mutaxassislarni tayyorlab beruvchi maskan bo‘lishiga shubha yo‘q.

Misr Arab Respublikasining Kommunal va gaz tashkilotlari kasaba uyushmalari bosh kotibi Muhammad Hasan: “Misr kasaba uyushmalari tizimida ham soha mutaxassislari uchun o‘quv dargohlari mavjud, ammo ular hududlarda o‘quv markazi sifatida ishlaydi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilganini ko‘rib, to‘g‘risi, hayratlandik. Bu O‘zbekistonda mehnat munosabatlari va ijtimoiy sohaga, shuningdek, mehnat sohasi uchun malakali yetuk kadrlar tayyorlashga yuksak e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir”, — deya fikr bildirdi.

Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Sotiboldi Dauletalinning e’tirofi ham o‘ziga xos bo‘ldi. Uning fikricha, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi ochilishi nafaqat Ўзбекис­тонда, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham katta voqea bo‘ldi. 

“Chunki shu paytgacha mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasi uchun oliy ma’lumotga ega ixtisoslashtirilgan kadrlarni yetishtirib beruvchi oliy ta’lim muassasasi bo‘lmagan. Shu bois, mazkur akademiya Markaziy Osiyo mamlakatlari  uchun bazaviy tayanch markazi bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q. Ushbu maskanga hozirdanoq qiziqish ortib bormoqda. Xususan, biz ham kelgusida bu yerga talaba va mutaxassislarimizni yuborib, o‘qitishni reja qilib qo‘ydik”, — deydi S.Dauletalin.

Xuddi shu kabi iliq va ijobiy fikrlarni Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston kabi mamlakatlar kasaba uyushmalari rahbarlari ham to‘la qo‘llab-quvvatladi.

O‘qishning ilk kunlaridagi manzaralar

Bir vaqtning o‘zida akademiyamiz talabasi bo‘lish baxtiga sazovor bo‘lgan ona va uning qizi qalbidagi quvonch, baxtiyorlik ko‘z yoshlari xotiramda muhrlanib qoldi. 

Ular xorazmlik Malika Bobojonova hamda uning farzandi Nodirabegim Otabekovadir. 

Buni qarangki, qizining hujjatlarini topshirish asnosida akademiyamizdagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishgan onada ham mazkur bilim dargohida o‘qish istagi tug‘iladi. U o‘z tanlovini mana bunday izohladi: 

— Bu yerda mavjud sharoitlarni ko‘rib, qalbimda o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq yangidan tug‘ildi. Menda kun sayin ana shunday go‘zal maskanda bilim olish xohishi ortsa orttiki, chekinmadi. Test sinovlariga tunu kun tayyorgarlik ko‘rdim, adabiyotlarni varaqlab, o‘zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarimni mustahkamlashga astoydil harakat qildim. Ne baxtki, farzandim Nodirabegim ham, o‘zim ham bir vaqtda talaba bo‘ldik. Yoshligimda ro‘yobga chiqmagan orzularim bugungi dorilomon kunlarda amalga oshdi. Shu bois, haligacha quvonchim ichimga sig‘mayapti. Ayniqsa, qizimning orzulari ushalayotganidan nihoyatda baxtiyorman. Ana shunday yurtda yashayotganimiz uchun shukronalar aytamiz. 

Darhaqiqat, bugun O‘zbekistonda barcha sohalarda birdek kechayotgan islohotlar va ularning ijobiy samarasi o‘laroq, xalqimiz turmush farovonligi oshib borayotgani, ushbu ezgu sa’y-harakatlar zamirida “Inson qadri uchun” tamoyilining mujassam topgani nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijiy mamlakatlar, xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sazovor bo‘lmoqda. 

Biz ham inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotgan ulkan islohotlarga munosib hissa qo‘shish maqsadida, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugun biz yashayotgan jamiyatga zarur bo‘lgan yangi fikr, yangi g‘oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashga bor kuch va g‘ayratimizni safarbar etamiz.

Sayfulla AHMEDOV,

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi rektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlar tayyorlash islohotlaridagi yangi qadam