Toshkentda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Latviya Respublikasi Moliya va shartnomalar markaziy agentligi hamkorligida “Davlat xizmatida iste’dodli shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik va idoralarning rahbar kadrlari, inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari xodimlari, olimlar, xorijlik mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, Angliya, Germaniya, Latviya, Fransiya, BAA, Koreya, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan soha ekspertlari, davlat xizmatchilari ishtirok etdi. 

Davra suhbati davlat xizmatini rivojlantirishda salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish muammolari, iste’dodli shaxslarni davlat xizmatiga jalb qilishning zamonaviy hamda samarali mexanizmlari muhokama qilingani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

– Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta’lim va insonning rivojlanishi uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda, – dedi tadbirga so‘zga chiqqan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Hasanov. – Jumladan, davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatchisi, avvalo, xalq xizmatchisi bo‘lishi shart”, degan siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va kompleks amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bugun O‘zbekistonda natijador, ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha strategik chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. 

Davra suhbatida noaniqlik sharoitida ishchi kuchini rejalashtirish, turli modellar va instrumentlar, yuqori bo‘g‘in davlat xizmati, liderlik uchun kompetensiyalar, rekrutment va karera mobilligi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi muhim masalalar, iste’dodli shaxslar salohiyatidan to‘g‘ri foydalanish, e’tirof qilish, ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga qaratilgan amaliyotlar yuzasidan tajriba almashildi. 

– Tashkilotimiz dunyodagi eng ilg‘or amaliyotlarni o‘zida mujassamlashtirgan, – dedi BMT Xalqaro davlat xizmati komissiyasi raisi Larbi Djakta. – Biz O‘zbekistonda Prezident tomonidan belgilab berilgan strategiyani amalga oshirishda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. 

Ta’kidlash joizki, xalqaro muloqot davomida kadrlar siyosati va davlat xizmatidagi zamonaviy trendlar, yangi g‘oyalar va yondashuvlar muhokama qilindi, iste’dodli shaxslar, xususan, yoshlarni davlat xizmatiga keng jalb qilish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. 

Davra suhbati so‘ngida ekspertlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda jamoatchilik vakillari fikr-mulohazalari, takliflari yuzasidan xulosalar e’lon qilindi. 

Gulchehra Ashurova, jurnalist

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadrlar bilan ishlash sohasida yangi g‘oya va tendensiyalar