Barcha tizimlar qatori kadastr sohasiga ham e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan 2022 yilning 20 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi buning yorqin misolidir. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda, yer uchastkalari, binolar, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga, mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Boshqarma tomonidan o‘tgan yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, yer munosabatlari tartibga solinishi va aholiga davlat kadastr xizmatlarini ko‘rsatishda natijali ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2021 yilda 50 ming 600 ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasporti berilgan bo‘lsa, 2022 yilda 59 ming 823 ta, 2021 yilga nisbatan 15 foizga ko‘p xizmat ko‘rsatildi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishda ham oldingi yilga nisbatan o‘sish kuzatildi. 2021 yilda 48 ming 387 davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2022 yilda 56 ming 736 davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlar natijasida xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi 4 ming 254 kilometr avtomobil yo‘li to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, kadastr pasporti shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq shahar va tumanlar qurilish bo‘limlari bilan birgalikda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini yuritish uchun elektron auksion savdoga chiqarilgan 1 ming 986 ta, jami 282,83 gektar bo‘sh yer maydonidan 475 tasi, yakka tartibdagi turar joylar qurilishi uchun 223 ta, jami 8,9 gektar yer maydonidan 63 tasi realizatsiya qilindi. Egalikdagi, foydalanishdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish bo‘yicha 179 ta yer uchastkasining topoxaritalari tayyorlanib, xususiylashtirishga kelishuv berildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va jamoat ehtiyojlari uchun 525 ta, jami 5 ming 408,9 gektar yer uchastkasini ajratish materialini tayyorlash xizmati ko‘rsatildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual va xalq qabulxonalari orqali, shuningdek boshqa tashkilotlardan kelib tushgan jami 1 ming 116 ta murojaat ko‘rib chiqildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 11 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan aholini ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan 423 ta fuqarolar yig‘inining kartografik materialini tayyorlash ishlari bajarildi va hududiy statistika boshqarmasiga qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq topshirildi. Bundan tashqari, barcha fuqarolar yig‘inining xaritasi tayyorlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda hududiy hokimliklar tomonidan tasdiqlandi.

Uzaqbay Jalelov,  

Davlat kadastrlari palatasi  

Qoraqapog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr xizmati: yil yakuni va istiqboldagi vazifalar