Qashqadaryoda joriy yilning 11 oyida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallari tomonidan 7 ming 986 ta manzili o‘zgargan hamda yangi ko‘chmas mulk ob’ektlariga manzil berilgan.

Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishda Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali eng ko‘p murojaat Qarshi shahri, Qarshi va Kitob tumanlari aholisidan kelib tushgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda: Qarshi shahri 1912 ta, Chiroqchi tumani 274 ta, Dehqonobod tumani 342 ta, G‘uzor tumani 245 ta, Kasbi tumani 116 ta, Kitob tumani 1016 ta, Koson tumani 434 ta, Muborak tumani 208 ta, Yakkabog‘ tumani 220 ta, Mirishkor tumani 70 ta, Nishon tumani 449 ta, Qamashi tumani 557 ta, Qarshi tumani 1033 ta, Shahrisabz tumani 467 ta, Shahrisabz shahri 791 ta, Ko‘kdala tumanidagi 147 ta ko‘chmas mulk ob’ektlariga manzil berilgan.  

Ma’lumot uchun bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 8 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilib, kadastrga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr xizmati: Qashqadaryoda 8 mingga yaqin ko‘chmas mulk ob’ektlariga manzil berildi