Kadastr xizmati: muammo va yechim
Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun Qorao‘zak tumaniga press-tur tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ta’kidlanganidek, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tgan yilda 7352 noturar joy ob’ekti hamda 43896 turar joy ob’ekti, jami 51248 ko‘chmas mulk ob’ekti, shuningdek 1658 ipoteka shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan yilda 26 ming 140 ta qishloq xӯjaligi yӯnalishidagi yerdan foydalanuvchilarning yer maydoni UzKad dasturiga kiritildi va 24 ming 221 yerdan foydalanuvchi davlat rӯyxatidan ӯtkazildi. Shuningdek, 1919 nafari esa yerdan foydalanuvchi sifatida rӯyxatga olindi. 40 ming 294 ta ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.
Ӯzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 apreldagi “2021-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi sharoiti og‘ir mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy va infratuzilma holati bilan bog‘liq muammolarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ӯtkazilgan xatlov natijasida Nukus shahridagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 3695 ta kӯchmas mulk ob’ektida kadastr hujjati yӯqligi aniqlandi. Joriy yilning 3 mart holatiga 3 ming 381 ta ob’ektga ishchi guruhning hulosasi tayyorlandi. Shundan 2 ming 877 ob’ektning kadastr hujjati fuqarolar uchun bepul davlat rӯyxatidan ӯtkazildi.
Ӯtgan yil mobaynida 232,3 gektar maydonda 4493 yer uchastkasi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionga qӯyildi. Shundan 51 gektar yer maydoni ya’ni, 867 yer uchastkasi auksionda realizatsiya qilindi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Ӯzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga, shuningdek, kadastr organlariga 1668 murojaat kelib tushgan bӯlsa, shundan 1235 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 433 murojaat bӯyicha huquqiy tushuncha berildi.
Boshqarma tomonidan ӯtgan yilda 1345 yerni ӯzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilmalar qurish holati aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1345 yozma kӯrsatma berildi, 305,5 gektar yer maydonidagi holat bartaraf etildi. Sudga 5,34 gektar yer maydoni bӯyicha da’vo ariza kiritilib, 30,03 gektar yer maydoni bӯyicha hujjat tayyorlanmoqda. Shundan 19 ta holat bӯyicha sud qarori chiqarildi, 5 ta holat sud tomonidan bekor qilindi, 114 ta holat bӯyicha sud jarayoni davom etmoqda. Prokuratura organlariga kӯchma qoida asosida 21ta holatda 0,9 gektar sug‘oriladigan yerlardagi noqonuniy qurilmalar bӯyicha material ӯtkazildi.
Ӯtgan yil mobaynida 3618 ta holat bӯyicha 3 milliard 121 million 188 ming sӯm miqdorida jarima qӯllanildi. Shundan, 3557 ta holatda Ӯzbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik tӯg‘risidagi kodeksning 681 moddasi bӯyicha yer uchastkasiga bӯlgan huquqni ӯz vaqtida davlat rӯyxatidan ӯtkazmaganligi uchun, 1ta holatda yer uchastkasini ӯzboshimchalik bilan egallab olganligi uchun, 38 ta holatda ijaraga berilgan yer maydonida boshqa shaxs tomonidan noqonunny uskunani qurgani tӯg‘risida vaqtida xabardor qilmagani uchun jarimalar qӯllanildi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan ӯzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
[gallery-6230]
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA