Mamlakatimizda kadastr tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e’tibor ortmoqda. Ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash, hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar samara bermoqda.

Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarning o‘rni va ahamiyati, ayniqsa, beqiyosdir. 

Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizimida ham xotin-qizlarni, yoshlarni qo‘llab quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning qariyb 30 foizini ayollar tashkil etadi. Ushbu ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan.

Hozirda boshqarma va uning tuman filiallarida 50 nafar xotin-qiz faoliyat yuritadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi ta’minlanmoqda.

Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida zarur tekshiruvlar o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan har olti oyda tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kelinmoqda.

Shuningdek, kadastr tizimida ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari bo‘lishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun Oila va xotin-qizlar tomonidan imtiyozli tavsiyanomalar berib kelinmoqda.

Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Xovos tumani filial arxivariusi Holida Bahromova Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun stol tennisi, shaxmat-shashka, nayzaotish, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning may oyida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi tarixiy shaharlarga "Yangi O‘zbekiston boylab sayohat qil!" shiori ostida mamlakatimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etildi. Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. 

Bugungi kunda xotin-qizlarni qanchalik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlasak, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilsak, munosib mehnat va turmush yaratib, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilasak, jamiyat ham shuncha yuksaklikka ko‘tariladi. Chunki ayol, nafaqat ona, rafiqa, balki kelajak avlodni komil insonlar qilib voyaga yetkazayotgan shaxsdir.

ElmiraBekbergenova,

Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanmoqda