Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini yoritishda shaffoflikni ta’minlashga ustuvor masala sifatida qaralyapti.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari hamkorligida Vazirlar Mahkamasining kadastr sohasiga oid yangi qabul qilingan qarorlari mazmun-mohiyati va qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida tushunchalar berish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 avgustdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori xususida fikr yuritildi.

Qarorga ko‘ra, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarini inobatga olib, kadastr muhandisi institutini bosqichma-bosqich joriy etish, bu orqali aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda. 

Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti Uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi aytib o‘tildi. 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga ko‘ra, kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy qilinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshirilib, kurslar ko‘pi bilan 72 soatni tashkil etadi hamda malaka imtihoni test shaklida bo‘lib o‘tadi. 

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchiga ikki ish kuni ichida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma berilishi ta’kidlandi. 

Tadbir yakunida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi takomillashmoqda