O‘zbekiston milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali 12 oktyabr kuni «Kadastr sohasidagi kamchilik va yutuqlar» mavzusida ovozli chat bo‘lib o‘tdi.

Saytimiz kuzatuvchilari tomonidan berilgan savollarga Kadastr agentligi Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Nishonov javob berdi.

— Kadastr sohasini isloh qilish bo‘yicha bir nechta hukumat qarorlari qabul qilingan. Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning avvalgilaridan farqli jihatlari nimada?

— Elektron onlayn auksion o‘tkazilishi mamlakatimizda 2018 yildan boshlandi. Avvalgi tartibda kadastr xodimlari bo‘sh yer maydonlarini izlab, tegishli vazirlik idoralari bilan kelishib, keyin auksionga chiqarilgan. Bu yerda bir muammo – bo‘sh yer maydonini auksionga qo‘yayotganda u yerdan o‘zi biror bino qurish mumkinmi, shaharsozlik normalariga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi, – degan savol qiynardi.

Joriy yilning fevral oyida chiqarilgan qaror bilan eski tizim o‘zgartirilib, urg‘u shaharsozlik hujjatlariga berildi. Endilikda bo‘sh yer maydoni bor joyda istagan odam savdo do‘koni yoki ishlab chiqarish sexlarini qurishi mumkin emas.

Avvalgi tartibda yerlar faqat ijaraga berilgan bo‘lsa, endilikda ikkita huquq turi, ya’ni mulk hamda ijara huquqi bilan auksionga chiqarilyapti. Mulk huquqini ijara huquqiga nisbatan o‘ziga yarasha yaxshi xususiyatlari bor. Ya’ni ijara huquqi qanchadir muddatga beriladi va muddat tugaganidan keyin yana shartnomani uzaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Mulk huquqida 3 ta xususiyat birlashtiriladi. Ko‘chmas mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va tasarruf etish. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, mulk huquqida bo‘sh yer maydonini sotishi, garovga qo‘yishi, ya’ni bozor mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

— Shu kungacha qancha yer auksionga qo‘yildi?

— Yil boshidan bugungi kungacha barcha vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda 6 700 dan ziyod yer uchastkalari auksionga qo‘yildi, yer uchastkalarining 2 200 dan ziyodi mulk huquqi, 4 500 ga yaqini ijara huquqi asosida sotildi.

Auksionga qo‘yilgan, yer uchastkalarining soni respublikamiz bo‘yicha 80 mingdan ziyod.

— Yerni auksionga qo‘yilishi narx oshishiga sabab bo‘lmayaptimi?

— Auksion o‘tkazishdan maqsad yerning narxini oshirish emas, uning qiymatini bozor narxida yetkazib berishdan iborat. Ilgari yer oldi-sotdisi inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan. Endilikda bu jarayon onlayn tarzda amalga oshirilyapti.

To‘g‘ri, auksion tartibda bir tomondan narxlar qimmatroq bo‘ladi. Lekin buning yaxshi tomoni ham bor. bugungi bozor iqtisodiyotining tub maqsadi foyda ko‘rish hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, yer narxi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qanchaga baholansa, shunchaga sotilishi kerak.

Misol uchun, shahar markazida 100 million so‘m mablag‘ evaziga qurilgan imorat o‘sha narxga sotilmaydi yoki Toshkent shahrida qurilgan bitta imoratga o‘xshash uy Surxondaryoning chekka bir hududida qurilgan bo‘lsa, ularning narxida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Sababi, har ikki joydagi imoratga odamlarning talabi boshqacha. Ko‘chmas mulkning asosiy qiymati uning joylashgan hududiga bog‘liq bo‘ladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3-2A1HCpO9g" title="QANCHA YeRLAR AUKSIONGA QO‘YILDI?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, N.Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr sohasi: yer narxini tadbirkorlik sub’ektlari qanchaga baholasa, shunchaga sotilishi kerak