Mamlakatimizda yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yil sayin takomillashtirib borilmoqda. Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish muhim masala hisoblanadi. Xususan, sohadagi imtiyozlar, kadastr pasportini tayyorlash narxlari, uni bepul rasmiylashtirishga sabab bo‘luvchi omillar xususida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i Begzod Rajabovning fikrlariga qiziqdik...

– Bugungi kunda mamlakatimizda aholining kadastr bilan bog‘liq ishlari qulay va oson tashkil etilayotganini tizimda amalga oshirilayotgan ishlar samarasi deyishimiz mumkin. Bu boradagi yangilik va o‘zgarishlar, qonun talablari xususida doimiy ravishda fuqarolarga tushunchalar berib bormoqdamiz. Masalan, murojaatlar asosida eng ko‘p tushayotgan savollardan biri — kadastr pasportini tayyorlash, bunda davlat xizmatlari narxlari xususida bo‘lmoqda. Avvalo aytishimiz mumkinki, kadastr pasporti uchun to‘lovlar Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan.  

Darhaqiqat, ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lum tartiblarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarga 3 ish kuni mobaynida, yakka tartibdagi turar joylarga 5 ish kuni mobaynida — ob’ektning 1 kv.m. uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi, ya’ni 3910 so‘m mablag‘ undiriladi.  

Misol uchun, aytaylik, sizning uyingiz 535 kv.m, Siz uning kadastr pasportini tayyorlash uchun undiriladigan mablag‘ni quyidagicha hisoblashingiz mumkin. Uy-joy 535 kv.m.ni ko‘paytirasiz BHMning 1,15 foiziga, ya’ni bugungi kunda BHM 340 000 so‘m bo‘lsa, uning 1,15%=3910 so‘mga teng. (535*3910=2 091 850) so‘m kadastr pasporti uchun to‘lov qilish zarur bo‘ladi.  

– Bugungi kunda ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha qanday tartiblar belgilangan?  

– Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha hozirda quyidagi tartiblar amalda: umumiy maydoni 100 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulklarga 5 ish kuni mobaynida — BHMning 1 baravari, ya’ni 340 000 so‘m, umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 7 ish kuni mobaynida — ob’ektning 1 kv.m. uchun BHMning 1,15 foizi, ya’ni 3910 so‘mdan, umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 10 ish kuni mobaynida — BHMning 17,25 baravari (5 865 000 so‘m). Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 15 ish kuni mobaynida — BHMning 34,5 baravari (11 730 000 so‘m) va 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha bo‘lgan mulklarga 20 ish kuni mobaynida — BHMning 57,5 baravari (19 550 000 so‘m), shuningdek, umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan mulklarga 25 ish kuni mobaynida — Bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari (hozirgi kunda 27 370 000 so‘m) etib belgilangan. Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarganida, kadastr xizmatlarining narxi ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.

– Kadastr sohasidagi imtiyozlar xususida ham aytib o‘tsangiz?  

– Albatta bu boradagi imtiyozlarni alohida aytib o‘tish joiz, chunki ko‘p hollarda fuqarolar kadastr xizmatlaridan foydalanishda o‘z huquq va imkoniyatlaridan bexabar bo‘lishadi. Masalan, bugungi kunda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini to‘lashi belgilangan. Deylik, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi o‘zining nomidagi turar joy uchun kadastr pasporti shakllantirish uchun 340 000 so‘m hisoblangan taqdirda, ushbu summaning 50% miqdorida, ya’ni 170 000 ming so‘m undiriladi.  

– Qanday hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi?  

– Ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmasa, ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda, ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda, kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda) kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi.  

Ushbu holatlarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtirilishi lozim. Qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YAIDXP) orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.  

– O‘tgan 2023 yil davomida Sirdaryo viloyatida nechta kadastr pasporti rasmiylashtirildi?  

– 2023 yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 27 756 ta ariza kelib tushgan edi. Shundan 20 057 tasiga kadastr pasporti shakllantirildi. Viloyatimizda kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha Guliston shahrida 3 139 ta, Guliston tumanida 2 500 ta, Sardoba tumani 2 127 ta bilan yetakchilik qildi.  

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr pasportini tayyorlash narxlari, uni bepul rasmiylashtirishga sabab bo‘luvchi omillar va imtiyozlar qanday?