Har bir fuqaro yoki tadbirkor o‘ziga qarashli ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portaliga murojaat qilishi qonun bilan belgilangan.

Xususan, kadastr pasportini shakllantirish masalasida 2024 yilning o‘tgan davrida 39 ming 969 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 21 ming 364 tasi ijobiy hal etildi. 6 ming 812 ta ko‘chmas mulk yangidan hisobga olinib, kadastr ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan.  

Bu haqida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qayd etildi.  

Ma’lumki, murojaat etuvchi fuqaro barcha huquqiy hujjatlarni, masalan, yer ajratish qarorlari yoki meros hujjatlari, sud qarori kabilarni Davlat xizmatlari markaziga topshiradi. DXM esa elektron tizim tarmog‘i orqali kadastr idoralariga yuboradi. Kadastr xodimlari joyiga chiqib, o‘lchov ishlarini bajaradi.  

Tadbirda kadastr xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, sohani raqamlashtirish, shaffofligini ta’minlash, umummilliy boyligimiz sanalgan yerni asrab-avaylash va undan oqilona foydalanish borasidagi ishlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.  

– Hisobot davrida yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan jami 1 ming 766 holatda 92,7 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib olinganligi aniqlangan va belgilangan tartibda chora ko‘rilgan, –deydi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Fozilov. – Yozma ko‘rsatmalarga asosan 1012 holatda 36,3 gektar ixtiyoriy bartaraf etilib, 516 holatda 30,6 gektar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritildi hamda 100 holatda 19,4 gektari yuzasidan tuzilgan hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.  

Matbuot anjumanda OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga mas’ul mutasaddilari batafsil javob qaytardi. Shundan so‘ng, jurnalistlar kadastr tizimi xodimlarining ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr pasporti shakllantirildi