Hukumat qaroriga ko‘ra, mamlakatimizda ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Xo‘sh, kadastr pasportini qancha vaqtda rasmiylashtirish mumkin?

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Hamroyev kadastr pasportini olish muddatlari haqida ma’lumot berdi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) dan ro‘yxatdan o‘tadi. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha kadastr pasportini olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

Ko‘p qavatli uydagi kvartira - 3 ish kunigacha, yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha - 5 ish kunigacha, umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha - 7 ish kunigacha, umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha - 10 ish kunigacha, umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha - 15 ish kunigacha, umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha - 20 ish kunigacha, umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq - 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘ma jildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr pasporti qancha vaqtda rasmiylashtiriladi?