Bugun Kadastr agentligining Sirdaryo boshqarmasi boshlig‘i Alimjan Maxarov viloyat fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

U o‘z murojaatida fuqarolarni noqonuniy tarzda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikka chaqirgan:

"Xurmatli viloyatimiz fuqarolari, tadbirkorlar va ishbilarmonlar!  Xabaringiz bor, 2021 yil 8 iyun kuni Davlatimiz rahbari tomonidan tarixiy Farmon qabul qilinib, yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibi joriy etildi.

Xususan, tadbirkorlik ob’ektlarini qurish uchun yer uchastkalari faqat elektron onlayn-auksion orqali ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu Farmonda tuman (shahar) hokimlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer maydoni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilindi.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi, eng avvalo, xalqni rozi qilish, shaffoflikni ta’minlash, tadbirkorlarga har tomonlama ochiq bo‘lgan sharoitlarni yaratish hisoblanadi.

Shunga qaramay, joylarda hanuzgacha ijaraga olingan yer maydonlarini bir qismini noqonuniy ajratish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalarni qurish, yengil qurilmalarni o‘rnatish, avtobus bekatlari o‘rnida hech bir ruxsatsiz savdo do‘konlarini qurish kabi salbiy holatlar uchramoqda.

Afsuski, bunday noqonuniy qurilmalar aholi turar joylari ichida, yo‘lning himoya hududlarida, katta bosim ostida bo‘lgan suv, gaz quvurlari o‘tkazilgan himoya hududlarida barpo etilishi ham uchramoqda va buning oqibatida aholi tinchligi va xavfsizligiga, tashqi muhandislik tarmoqlarini qisqa muddatlarda ta’mirlashga salbiy ta’sir qilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda o‘zining tanishlari orqali yer olib berishni va’da qilayotgan yoki turli soxta «qarorlarni» ko‘rsatib, kadastr hujjatini keyin hal qilib berishga ishontirib, yer sotib olishni taklif etayotgan qo‘shtirnoq ichidagi shaxslar ham ko‘plab uchramoqda. Ularga ishonmang!

Fuqaro va tadbirkorlarning ob’ektlarini buzdirish yoki ularga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas!

Qonunchilikka muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda qurilgan bino va inshootlarning mulk huquqi e’tirof etilmaydi.

Kadastr organlari tomonidan xatlov mobaynida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan 1 oy mobaynida o‘tkazilmaganligi va ruxsatsiz qurilishlar aniqlangan taqdirda Yer kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli bandlariga asosan, avvalambor ogohlantiriladi. Agarda 15 kun muddatda ushbu qonun buzilish holatlari bartaraf etilmagan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va sudga to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vo arizalari kiritiladi.

Viloyatimiz aholisidan o‘zlari yashayotgan hududlarda noqonuniy ravishda o‘rnatilayotgan yengil qurilma do‘konlar, "Fast-food" shoxobchalari va avtobus bekatlari o‘rnida qurilayotgan do‘konlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, o‘z vaqtida vakolatli idoralarga hamda Kadastr agentligining hududiy organlariga xabar berishlarini iltimos qilardim".

Maftuna KARIMOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligining Sirdaryo boshqarmasi boshlig‘i fuqarolarga murojaat bilan chiqdi