Kadastr agentligi xodimlari Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirmoqda.

Malaka oshirish davomida Koreya manzillar reestri tizimi, Koreya yer siyosati va kadastr tizimi, Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati bilan tanishiladi, Geofazoviy axborot akademiyasi faoliyati o‘rganiladi.  

Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish, ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi hamda Milliy geografik axborot instituti faoliyati bilan tanishish, geofazoviy ma’lumotlarning standarti va sifati haqida ma’lumot olish singari bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

O‘quv-seminar 29-martgacha davom etadi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligi xodimlari Koreyada malaka oshirmoqda