Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son farmoni va PQ-4819-sonli qarori asosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilgan. Hozirda Kadastr agentligi tizimida jami 33 ta shtat birligida komplayens nazorat xodimlari faoliyat olib bormoqda.

Kadastr agentligida korrupsion huquqbuzarliklar va noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi PQ-240-son qarori ijrosi doirasida Kadastr agentligiga yuklatilgan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi hamda joriy yilning may oyida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi. 

Korrupsiyaning oldini olish borasida tizim xodimlari va fuqarolar bilan seminar, davra suhbatlari, ma’ruza orqali hamda ommaviy axborot vositalari orqali profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Shuni ham aytish joiz, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi doirasida Kadastr agentligi tizimi faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish maqsadida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom tasdiqlandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va bartaraf etish maqsadida boshqarma va bo‘lim-filiallar binolariga Kadastr agentligining Ishonch telefoni va aloqa kanallari aks ettirilgan bannerlar joylashtirildi. 

Tuzilmalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘rganilgan 21 ta holat bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan va hozirgi kunda shundan 2 ta holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 

Kadastr agentligida korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlandi. 

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti, kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti, xodimlarning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishi bo‘yicha yo‘riqnoma tashkil etildi. Kadastr agentligi tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xizmat tekshiruvi va o‘rganish o‘tkazishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar qabul qilingan.

–Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli kadastr arxiv fondida saqlanayotgan kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari amalga oshirilgan, – deydi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi Ma’ruf Hamroyev. – Natijada yerlar va ularning egalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish ishlari 3-10 kundan bir necha soniyaga kamayishiga erishildi. Ushbu sohada inson omilini kamaytirish, shaffof mexanizmni joriy etish hamda xodimlar bilan fuqarolarning bevosita uchrashuvi va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida kadastr sohasi bo‘yicha 20 ga yaqin xizmat turi Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilmoqda. Shuningdek, sohada manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha xodimlarga deklaratsiya to‘ldirish tizimi joriy etilgan. Ishga qabul qilishda esa shaffoflikni ta’minlash maqsadida milliy vakansiyalar bazasining (vacancy.argos.uz) saytlariga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirib kelinmoqda. 

Davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini raqamlashtirish axborot tizimi (hrm.argos.uz) orqali xodimlar hamda ishchilarning soni, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham e’lon qilib boriladi. Barcha toifadagi xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida ularga korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tizimi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi me’yoriy hujjatlar to‘plami tarqatilgan. 

Kadastr agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jumladan, aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun berib borilmoqda hamda Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tezkor xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. 

Shahnoza Mamaturopova, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kadastr agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlandi