Cho‘g‘ ustida jizillab pishayotgan go‘shtning xushbo‘y hidi va “kabob” so‘zining o‘zi ming yillar davomida Markaziy Osiyodan tortib Yaqin Sharq va Kavkazgacha bo‘lgan ulkan hududlarda yashovchi xalqlarning madaniyati, turmush tarzi va tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bugun har bir o‘zbek xonadoni uchun sevimli va qadrdon bo‘lgan bu taomning nomi qayerdan kelib chiqqan va u aslida qanday ma’noni anglatadi? Bu savolning javobi, bir qarashda, oddiy tuyulgani bilan, uning zamirida tilshunoslarning farqli qarashlari, turli tillarning bir-biriga ta’siri va xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning butun bir tarixi mujassam.

Ko‘pchilik “kabob” so‘zining kelib chiqishini fors tili bilan bog‘laydi va bunda muayyan mantiq bor. Xususan, tilshunos olim Bahrom Bafoyev o‘zining “Ko‘hna so‘zlar tarixi” kitobida ushbu so‘zning, avvalo, qozonda tayyorlanadigan kabob taomi ma’nosini nazarda tutib, qadimiy turkiy tilga fors-tojik tili orqali o‘tganini ta’kidlaydi. Uning talqiniga ko‘ra, “kabob” ikkita mustaqil so‘z – “kam” va “ob” (suv) elementlarining birlashuvidan hosil bo‘lgan. Bu qarashga ko‘ra, taomning asosiy tayyorlanish usuli – suvsiz yoki juda kam suv ishlatib pishirilishi – uning nomiga asos bo‘lgan. Ya’ni, “kam+ob” birikmasi “kamsuv” taom degan ma’noni anglatib, vaqt o‘tishi bilan tovush o‘zgarishlariga uchrab, “kabob” shakliga kelgan. Hazrat Alisher Navoiy asarlarida ham bu so‘z aynan “kabob” shaklida ishlatilgani uning o‘rta asrlardayoq tilimizga chuqur singib ketganidan dalolat beradi.

Biroq, bu qarash masalaning bir tomoni, xolos. O‘zbek tilshunosligining fundamental tadqiqotchilaridan biri, professor Shavkat Rahmatullayev o‘zining “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da bu so‘zning go‘shtni sixga tortib, ko‘raga terib, cho‘g‘ damida pishiriladigan taom ma’nosi ildizlarini butunlay boshqa manzildan – arab tilidan izlaydi. Olimning fikricha, “kabob” so‘zi arab tilidagi “kabba” fe’lidan yasalgan. Bu fe’l “ag‘darmoq”, “aylantirib turmoq”, “to‘ntarib qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Demak, bu talqinga ko‘ra, “kabob” – bu shunchaki taomning nomi emas, balki uning tayyorlanish jarayonini ifodalovchi so‘zdir. Ya’ni, sixga tortilgan go‘shtni cho‘g‘ ustida muntazam “aylantirib, ag‘darib turib” pishirish jarayonining o‘zi taomga nom bergan. Bu qarash kabobning nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun arab va Yaqin Sharq dunyosida keng tarqalganini hisobga olsak, yanada ishonarliroq ko‘rinadi.

Shu o‘rinda, “kabob” so‘zining turli turkiy va eroniy tillardagi fonetik variantlari ham uning qanchalik keng yoyilganini ko‘rsatadi. Masalan, bu so‘z o‘zbek tilida “kabob”, qozoqchada “kabap”, qirg‘izchada “kebep”, turkmanchada “kebap”, ozarbayjonchada “kabab”, fors va tojik tillarida “kabob” shaklida qo‘llanadi. Bu so‘zning Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida “kabob” shaklida emas, balki uning turkiycha muqobili sifatida boshqa so‘z bilan qayd etilishi, biroq O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida umuman uchramasligi ushbu so‘zning turkiy xalqlar hayotiga islom dini va madaniyati kirib kelishi bilan bog‘liq holda, fors yoki arab tillari orqali kirib kelgani haqidagi farazlarni kuchaytiradi.

Ko‘rinib turibdiki, oddiygina “kabob” so‘zining tarixi bizni ikki til va madaniyat – forsiy va arabiy dunyo bilan bog‘laydi. Uni tayyorlash yo‘llari va ko‘rinishlari ko‘pligidan taom nomi kelib chiqishini bir olim qozon kabobning xususiyati (“kamsuv”lik) bilan, ikkinchisi esa six kabobning pishirilish usuli (“aylantirish”) bilan izohlaydi. Bu va boshqa talqinlardan qay birining haqiqatga yaqinroq ekani haqidagi bahslar davom etishi tabiiy. Ammo biz uchun eng muhimi – bu so‘z va u ifodalagan taom asrlar davomida xalqimiz dasturxonining, tilining va madaniyatining ajralmas qismiga aylanganidir. Birgina so‘zning tarixi ham ajdodlarimizning qo‘shni sivilizatsiyalar bilan qanchalik chuqur madaniy muloqotda bo‘lganini, o‘zga madaniyatlar yutuqlarini nafaqat o‘zlashtirib, balki uni o‘ziga xos tarzda rivojlantirib, bugungi avlodlarga bebaho meros sifatida qoldirganining yorqin timsolidir.

Alisher Egamberdiyev tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kabob” so‘zi tarixi: taom, til va bahs