Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda uning viloyat bo‘limi tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknida chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda jurnalist, shoir va yozuvchilar, viloyat, tuman-shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning kubtubxona xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda bir guruh yosh kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida keyingi 6-7 yil davomida mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi sifatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangani ham bejiz emasligi ta’kidlandi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish ezgu tashabbusini ro‘yobga chiqarish yo‘lida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ham munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 

[gallery-20482]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “2023 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov”da Uyushma “Aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish” loyihasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgach, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishga qo‘shimcha moddiy imkoniyat yaratildi.

Jumladan, mazkur loyiha doirasida bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan o‘n nomdagi o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini nashrga tayyorlash, chop etish, audio shakllarini yaratish hamda ularni davlat buyurtmachisi bilan kelishgan holda axborot-kutubxona muassasalariga beg‘araz taqdim etish belgilangan edi. 

Joriy yil mobaynida nashr qilinishi rejalashtirilgan adabiyotlar ro‘yxati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan kelishilgan holda nashriyotlar bilan shartnoma tuzilib, ushbu kitoblar chop etildi va bugun ular yosh kitobxonlar hukmiga havola etilmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan ana shu kitoblar jamlamalari Jizzax viloyat, shahar, tuman axborot- kutubxona markazlari va viloyat bolalar kutubxonalariga beg‘araz taqdim etildi. 

Shuningdek, Uyushma axborot xizmati xodimlari tomonidan yuqoridagi o‘nta kitobning audio varianti ham tayyorlanayotgani va ular ham yaqin kunlarda ushbu kitoblar audio variantlari bilan birga mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalariga bepul taqdim etilishi ta’kidlandi. 

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Jurnalist uyushmasiga a’zo bo‘lgan bir qator jizzaxlik jurnalistlarga guvohnomalar topshirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar uyushmasi kutubxonalarga kitoblar sovg‘a qildi