Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan fargʻonalik jurnalistlar uchun Fargʻona shahridagi Prezident maktabiga mediatur tashkil etildi. Maktab maʼmuriyati OAV vakillariga taʼlimning mukammallashgan tarmogʻi haqida batafsil maʼlumot berdi. Jurnalistlar sinfxonalari jihozidagi kreativlik, oʻquvchilarning erkin fikrlash qobiliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu kuni viloyat jurnalistlari maxsus ixtisoslashtirilgan 19 ta maktab rahbarlari va vakillari bilan ham uchrashdi.  

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X.Salimov tadbirda uyushma tashabbusi bilan chop etilgan 10 jilddan iborat kitoblar toʻplamini Prezident maktabi va ixtisoslashgan maktablar kutubxonalariga begʻaraz topshirdi.

– Kitoblarimizning 5 nomdagisi Albert Eynshteyn, Leonardo Da Vinchi, Stiv Jobs, Muhammad Ali kabi dunyo daholari haqida edi. Shuningdek, Orif Toʻxtash, Muhabbat Yoʻldosheva kabi ijodkorlarning eng yaxshi asarlari, ertaklari, sheʼrlari, hikoyalari toʻplamlari ham chop etilgan, – deydi Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi.

Xuddi shunday kitoblar toʻplamlari Fargʻona viloyat axborot- resurs markazi va viloyatdagi barcha shahar-tuman markazlaridagi kutubxonalarga ham topshirildi.

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi axborot xizmati vakillari tomonidan ushbu kitoblarning audio variantlari tayyorlanyapti. Yaqin vaqt ichida ushbu kitoblar va uning audio nusxalari mamlakatimizning chekka tumanlardagi kutubxonalar, Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkaziladi.

Anjumanda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan yetti nafar ommaviy axborot vositalari xodimiga aʼzolik bileti va koʻkrak nishonlari topshirildi.

[gallery-20544]

Maʼlumki, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi oʻtgan yillar davomida viloyat OAVlari xodimlari, ularning hayoti va ijodi haqida 15 dan ziyod kitoblar chop etdi. Viloyat OAVlari rahbar va vakillari ishtirok etgan anjumanda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” 6 jildli toʻplami ularga begʻaraz sovgʻa qilindi.

Kitoblarni  nashr etishda hamkorlik qilgan “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Fargʻona suv taʼminoti” AJ rahbarlariga uyushma viloyat boʻlimining tashakkurnomalari ham topshirildi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KQXkTXAu4LI?si=kCfB0xEOttV3QiwC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,Elyor Olimov (surat, video),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalistlar uyushmasi kutubxonalarga kitob ulashdi (+video)