Jurnalistlar uchun o‘quv-seminari
Andijon viloyatidagi “Xonobod sihatgohi”da “Viloyatda faoliyat olib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillarining malakasini oshirishga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti dotsenti Yusufbek Hamdamov, ushbu fakultetning dekan o‘rinbosari Ravshanbek Omonov hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan soha vakillari qatnashdi.
Besh kun davom etgan seminarda ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlar va huquqiy hujjatlar, internet jurnalistikasi, korporativ imij va ijtimoiy tarmoqlar auditi, jurnalistning etika-estetikasi kabi mavzular yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Seminar viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar bilimini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘zA fotomuxbiri
Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar