Jurnalistlar IT taʼlimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanişdi
Poytaxtimizdagi «School 21» raqamli texnologiyalar maktabi kampusida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun press-tur taşkil etildi. Unda maktabning ilk karera hisoboti taqdim qilinib, Toşkent va Samarqand kampuslari talabalarining amaliyot natijalari, hamkor taşkilotlar bilan aloqalar hamda bitiruvçilarning mehnat bozoridagi faoliyati haqida maʼlumot berildi.
«School 21» raqamli texnologiyalar va axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarni bepul örgatişga ixtisoslaşgan taʼlim muassasasidir. Bu yerda anʼanaviy maʼruzalar, öqituvçilar va odatiy baholaş tizimiga asoslangan taʼlimdan farqli ravişda, “Tengdoş – tengdoşga” tamoyili qöllaniladi. Iştirokçilar yakka tartibda va jamoa bölib loyihalar ustida işlaydi, özaro tajriba almaşadi, muammolarga mustaqil yeçim topiş könikmalarini şakllantiradi.
Maktabga qabul jarayonida nomzodlardan avvalgi iş tajribasi, dasturlaş sohasidagi bilimi yoki diplom talab etilmaydi. Iştirokçilarning 50 foizdan ortiği aynan şu yerda dasturlaş böyiça ilk tajribasini orttirmoqda.
Taqdim etilgan hisobotga köra, maktab taşkil etilganidan buyon Toşkent va Samarqand kampuslarida tahsil oliş istagida 140 mingdan ortiq ariza kelib tuşgan. 15 mingdan ziyod nomzod saralaşning intensiv bosqiçida qatnaşgan. Ulardan 3 ming 600 nafardan ortiği asosiy taʼlimga qabul qilingan.
Şu vaqtga qadar ikki kampusning 550 nafardan ziyod taʼlim iştirokçilari amaliyot ötaş imkoniyatiga ega bölgan. Ularning 251 nafari ayni paytda amaliyot jarayonida iştirok etmoqda. Toşkent kampusi iştirokçilari bilan hamkorlik qilgan taşkilotlar soni esa 169 taga yetgan.
«School 21» ijroçi direktori Zarina Luxmanovaning taʼkidlaşiça, amaliyot taʼlim dasturining majburiy bosqiçi hisoblanadi. Öquvçilar olgan bilim va könikmalarini iş jarayonida mustahkamlab, amaliy tajriba orttirgandan keyingina bitiruv bosqiçiga ötişi mumkin. Bunday yondaşuv taʼlimni mehnat bozori talablari bilan uzviy boğlaşga xizmat qiladi.
Bugungi kunga qadar Toşkent va Samarqand kampuslarini 167 nafar iştirokçi tamomlagan. Ularga malaka oşiriş yoki qayta tayyorlaş töğrisidagi davlat namunasidagi diplomlar berilgan.
Karera hisoboti maʼlumotlariga köra, iştirokçilar asosiy taʼlimni boşlaganidan amaliyotga çiqquniga qadar örtaça töqqiz oyga yaqin vaqt sarflaydi. Amaliyot davomiyligi esa uç oyni taşkil etadi.
Toşkent kampusi talabalari axborot texnologiyalari kompaniyalari, bank-moliya va moliyaviy texnologiyalar sohasi, davlat idoralari, telekommunikatsiya hamda kompyuter öyinlarini yaratiş yönalişlarida amaliy tajriba orttirmoqda.
Jumladan, EPAM Systems, Vention, TBC Bank, Payme, Beeline, Uzum, Click, Paynet, IT Park, Uzinfocom, InfinBank, Uzcosmos, Realsoft, DECA Games, HWG Sababa, Alif, Japan Digital University va Agrobank kabi taşkilotlar talabalarni amaliyotga qabul qilgan.
Mazkur hamkorlik yoşlarga haqiqiy loyihalar ustida işlaş, jamoaviy muhitga moslaşiş, kasbiy könikmalarini amalda sinovdan ötkaziş va kelgusida işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilmoqda.
Press-tur davomida jurnalistlar maktab iştirokçilari va bitiruvçilarining hayotiy tajribalari bilan ham tanişdi. Ular taʼlim muassasasiga kelgunga qadar qaysi sohalarda faoliyat yuritgani, öqiş jarayonida duç kelgan qiyinçiliklari va bugungi kasbiy faoliyati haqida sözlab berdi.
Maktab bitiruvçilaridan biri, 24 yoşli Timur Jalilov «School 21» haqida mehmonxonada işlab yurgan kezlarida xabar topgan. Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, asosiy taʼlimga qabul qilingan va iş faoliyatini davom ettirgan holda loyihalar ustida işlaşni boşlagan.
– Bu yerda öqituvçi va mentorlarning yöqligi dastlab meni biroz ajablantirdi, - deydi Timur Jalilov. – Biroq “Tengdoş – tengdoşga” tamoyiliga asoslangan taʼlim jarayonida mustaqil izlaniş va jamoa bilan işlaşni örgandim. Bu menga öz oldimga aniq maqsad qöyiş va kasbiy jihatdan rivojlaniş uçun kuçli turtki böldi.
Uning aytişiça, asosiy taʼlim davrida tinimsiz mehnat qilişga töğri kelgan. Loyihalarni belgilangan muddatda yakunlaş uçun baʼzan tungi soat uç-törtgaça işlagan paytlari ham bölgan.
Bugun Timur Jalilov Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligida faoliyat yuritmoqda.
Ayni paytda maktabda 15 ta taʼlim yönalişi mavjud. Iştirokçilar Backend, Frontend, Mobile, GameDev, Data Science, QA, DevOps, kiberxavfsizlik, UX/UI-dizayn, biznes va tizim tahlili, loyiha hamda mahsulotlarni boşqariş kabi yönalişlarda zamonaviy bilim va amaliy könikmalarni egallamoqda.
[gallery-32444]
Press-turda taqdim etilgan maʼlumotlar va bitiruvçilarning hayotiy misollari zamonaviy IT taʼlimida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tajriba ham muhim örin tutişini körsatdi.
Xususan, öquvçilarning köplab taşkilotlarda amaliyot ötayotgani, ayrim yoşlarning esa öqiş davridayoq mehnat faoliyatini boşlagani taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikning amaliy natijalaridan dalolat beradi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş, IT xizmatlari eksportini kengaytiriş va malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyojni qondirişda bunday taʼlim taşabbuslari muhim ahamiyatga ega.
Press-tur ommaviy axborot vositalari vakillariga maktabning öziga xos taʼlim tizimi, talabalarning amaliy tayyorgarligi, hamkor taşkilotlar bilan aloqalari hamda bitiruvçilarning kasbiy faoliyati bilan bevosita tanişiş imkonini berdi.
Kamola YUSUPOVA,
Öktam HAYITOV (surat), ÖzA