Jurnalistika universitetida zakovatli talabalar bellashdi
Shavkat Mirziyoyevning "«Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandan so‘ng ko‘plab ilm dargohlarida «Zakovat» bellashuvlari o‘tkazilishi odat tusiga kirmoqda.
Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti doirasida «Zakovat» o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu musobaqada 3 yo‘nalishning 1,2 va 3-kurs talabalaridan tashkil topgan 10 ta guruh qatnashdi. Uch bosqichda bo‘lib o‘tgan bellashuvda umumiy hisobda 1-o‘rinni 3-kurs talabalaridan iborat Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi, 2-o‘rinni 1-kurs rus guruh talabalaridan iborat Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi, 3-o‘rinni esa 2-kurs talabalaridan iborat Teleradio jurnalistikasi yo‘nalishi talabalari egalladilar.
O‘yin fakultet xodimlari tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi va bunday tadbirlar haftaning har shanba kuni tashkil etish to‘g‘risida talabalar bilan kelishib olindi.
G‘olib jamoalarga kitoblar va pul mukofotlari topshirildi. Bundan tashqari, “ Eng faol bilimdon», «Eng bilimli bilimdon», «Eng yaxshi guruh sardori» nominatsiyalari bo‘yicha ham bir nechta ishtirokchilar diplom va kitoblar bilan taqdirlandi.
Guloro Yusupova O‘zJOKU talabasi