Munosabat

Mutaxassis ikki sohani ajratib turadigan jihatlar xususida fikr bildirdi

O‘zA muxbiri mavzu yuzasidan O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Internet jurnalistikasi va mediamenejment” fakulteti dekani Gulnora Zokirova bilan suhbatlashdi.

– Bugungi kunda milliy jurnalistikamiz rivojida internet ommaviy axborot vositalarining o‘rni yaqqol ajralib turibdi. Mutaxassis sifatida aytingchi, aslida internet jurnalistikasi tushunchasi nimani anglatadi?

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan globallashuv davrida internetning o‘rni alohida. Zero, bugungi kun har qanday soha vakillaridan texnologik bilim, axborot olami bilan ishlay olish qobiliyatini talab etmoqda.

Ijtimoiy tarmoq, internet nashrlari global axborot minbariga aylangan. Ushbu holat bilan bog‘liq ravishda turfa muammolar yuzaga kelayotganiga tabiiy jarayon sifatida qaralayotgani ham hech birimizga sir emas. Jurnalistlar ayni maydonda faoliyat olib borayotgan shaxslardir.

Umuman, jurnalist ­– ijodkor. Xususan, Интернет jurnalistikasi o‘ta faollikni, doimiy hushyorlikni, yangi davrda yangicha fikrlashni taqozo etmoqda. Axborot har soatda, hatto, har daqiqada yangilanadi. Bu o‘rinda muayyan kun voqeasini emas, balki aniq bir tadbir tafsilotini, voqeaning borishini tezkor yoritish nazarda tutiladi.

Jurnalist tezlik tamoyilini unutmagan holda, shaffoflik, to‘g‘rilik, xolislikka ham qat’iy rioya qilishi shart. Axborotga nisbatan ehtiyoj jurnalistdan ayni shu sifatlarni talab etadi. Ma’lumot ko‘pligi sababli xabarni “faktcheking” qilish zamonaviy jurnalist zimmasidagi majburiyat, deb bilaman.

Ijtimoiy tarmoqdagi salbiy, ba’zan fojeali xabarlar inson ongiga tezroq ta’sir qilishi isbotlangan. Bunday ma’lumotni tahlil qilish, to‘g‘riligini tasdiqlash, o‘quvchiga haqqoniy axborotni yetkazish kishidan alohida mahorat talab qiladi.

– XXI asr bloger va jurnalistlar davriga aylanmoqda. Ijtimoiy tarmoqni turfa xil video kontentlar qamrab oldi. Afsuski, bularning hammasi o‘quvchiga ma’naviy bilim, muhim va zarur axborot beradi, deb bo‘lmaydi. Umuman, mana shunday, ta’bir joiz bo‘lsa, ommabop ma’lumotlar yig‘indisi bilan kasbiy faoliyati mahsuli o‘rtasidagi farq nimada? Boshqacha aytganda, bugun jurnalist va blogerni qanday jihatlar ajratib turadi?

Bugungi kunda ko‘pchilikni, jumladan mutaxassis sifatida meni ham tez-tez o‘ylantiradigan, ba’zan qiynaydigan savol berdingiz. Menga qolsa, bu ikki soha vakillarini taqqoslamagan bo‘lardim. Jurnalist – muayyan soha vakili. Bloger esa aksariyat hollarda o‘z qiziqishidan kelib chiqib fikr yuritadi.

Mamlakatimizda yaratilgan axborot erkinligi muhiti har bir yurtdoshimiz oldiga shunga o‘xshash ko‘plab savollarga ma’rifatli javob qaytara olishdek g‘oyat muhim vazifa qo‘ymoqda. Haqiqiy jurnalistika tahlil qiladi, tadqiq etadi, sharhlaydi, dunyoqarashni shakllantiradi, kishini fikrlashga undaydi, yo‘naltiradi, ko‘ngillarga zavq-shavq bag‘ishlaydi.

Bloger esa bunday mas’uliyatni his etishi shart emas, u o‘z zimmasiga hech qanday majburiyatni olmasligi ham mumkin. Axborot ko‘chishi sur’ati shiddatli tus olgan ayni zamonda jurnalist mahoratini ishga solib, tahlil va tekshiruv o‘tkazib, axborotni manzilga yetkazgunicha bloger bor gapini tezkorlik bilan tarqatib bo‘ladi.

Nazarimda, bu mening shaxsiy fikrim, blogerlik – vaqtincha, ya’ni zamon talabiga mos faoliyat turi. Jurnalistikaga esa boqiy, hech qachon eskirmaydigan kasbiy mashg‘ulot, deya ta’rif bergan bo‘lardim.

– Internet jurnalistikasi fakulteti dekani sifatida o‘zingiz qanday materiallarni ko‘proq o‘qiysiz? Axborot xuruji kuchayib, so‘z raqobatning ikki tomoni uchun kuchli vositaga, hatto, ta’bir joiz bo‘lsa, qurolga aylangan bir davrda yosh jurnalistlarga qanday tavsiya bergan bo‘lardingiz?

Internet shiddat bilan rivojlanayotgan jamiyat a’zosi sifatida turli saytlar, ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali yangiliklarni muntazam kuzatib boraman. Yoshlarimizga ham ko‘proq professional soha vakillari minbarlarini tavsiya qilgan bo‘lardim.

Masalan, rasmiy axborot agentligi – O‘zA sayti orqali eng ishonchli ma’lumotlardan boxabar bo‘lish mumkin. Qolaversa, o‘quvchini tahlilga undovchi, jamiyatdagi dolzarb muammolarga doimiy ravishda munosabat bildirib boruvchi faol blogerlarning chiqishlarini ham nazardan chetda qoldirmayman.

Bo‘lg‘usi jurnalistlar, umuman, yoshlar dunyoqarashni kengaytiradigan, bilim zaxiramizni boyitadigan mahsulot bilan to‘ldirish muhimligini anglab yetishlarini istardim. Foydali axborotni esa doim ham o‘quvchisi ko‘p kontentdan emas, balki tahliliy yondashilgan materiallardan qidirish mumkin.

Media olamidagi materiallarni bir-biri bilan taqqoslay olish ham muhim. Ayniqsa, internet, ijtimoiy tarmoq orqalil tez tarqalayotgan axborotni to‘g‘ri talqin qilmaslik, ayrim hollarda, xalqaro hamjamiyatdagi mavqeimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Umuman, nafaqat jurnalistlar, balki barcha yoshlar, jamiyatning ertangi kuniga befarq bo‘lmagan holda, muayyan voqea-hodisaga, masala yoki muammoga munosabat bildirishi lozim. Zero, davlatimiz rahbari ko‘p bor ta’kidlaganidek, jamiyatning ertangi kunini yoshlar bilan birgalikda quramiz. O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqaro, albatta, o‘z qarashiga ega bo‘ladi, o‘z pozitsiyasini himoya qila oladi.

– Xabaringiz bor, yaqinda bloger Farxod Mannopov vafot etdi, butun mamlakat shu haqda gapirdi, yozdi, xotirladi. O‘sha hafta ikki nafar jurnalist ham hayotdan ko‘z yumdi...

– Men professional soha bilan havaskor soha vakillarini solishtirmagan bo‘lardim. Blogerlar faoliyatiga hech qanday e’tirozim yo‘q, biroq yoshlarimiz bugun, aynan, blogerlar faoliyatini ko‘proq kuzatishadi. Sababi – ular tayyorlayotgan kontent yoshlarning ongi tez qabul qiladigan uslubda, oson hazm qilishga mo‘ljallangan.

Professional jurnalist, asosan, jiddiy mushohada qilishga undovchi material yozganidan-mi, yoshlarning qabul qilishi, tushunishi biroz qiyindek, nazarimizda. Bu avlodlar almashinuvi bilan ham bog‘liqdir, ehtimol. Ya’ni hozirgi avlod boshqacha ruhda ulg‘aymoqda.

Bloger Farxod Mannopovga keladigan bo‘lsak, avvalo, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, to‘g‘risi, u yigitni tanimasdim. Umuman, blogerlar faoliyatini kuzatmayman. Ayrimlarining ismini eshitgan bo‘lishim mumkin. O‘sha kuni ertalab Farxodning o‘limi haqida tarqalgan xabarlardan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini ko‘rib, yaxshi ma’naviy targ‘ibotchi bo‘lganiga amin bo‘ldim. Tayyorlagan mahsulotlari bilan yoshlarni odamlarga ko‘proq yaxshilik qilish, ota-onaga nisbatan hurmat va ehtirom ko‘rsatishga chaqirgan ekan. Bunday kontentlar ijtimoiy tarmoq orqali targ‘ib qilinishi maqsadga muvofiq, albatta. Faqat, bu jurnalistika ortda qolyapti, blogerlar jurnalistlar o‘rnini egallayapti, degani emas!

O‘sha kunlari olamdan o‘tgan jurnalistlarni yoshlar yaxshi tanimasligi mumkin. Ya’ni, bu holatga yana o‘sha avlodlar almashinuvi nuqtai nazaridan qarash kerak. “Jurnalistlarni yoshlar tanimaydimi?” degan savolga javobim esa shu: ular jurnalistlarni biladi, faqat o‘z zamonasi qaxramonlarini ko‘proq taniydi...

Xulosa shuki, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Yoshlarimizning harakati, qiziqishi, fikr-mulohazasi jamiyatimiz taraqqiyotini belgilaydi. Shunday ekan, “To‘rtinchi hokimiyat” deya e’tirof etiladigan ommaviy axborot vositalari rolini, xalq oldidagi majburiyatini eslab, eslatib turish vazifamiz.

Behruz Xudoyberdiyev suhbatlashdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jurnalist – professional soha vakili, bloger esa...