Yaqin Sharq urush bo‘sag‘asida(mi?)...

Jo Baydenning Isroilga tashrifi arafasida G‘azodagi kasalxonaga tushgan raketa dramatik tarzda rivojlanayotgan vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Amerika yetakchisi Netanyaxudan tashqari Iordaniyada Qirol, shuningdek Falastin va Misr rahbarlari bilan ham uchrashishi rejalangandi – hammasi bekor qilindi.

Isroil aybni “Islom jihodi”ga ag‘darib qo‘ya qoldi: go‘yo arablar raketasi yanglish gospitalga yetib borgan emish. Video lavhalar esa bitta raketa shuncha talofat keltirishi haqiqatdan uzoqligini aks ettiradi...

XAMAS ham, arab mamlakatlari ham bu hodisada Isroilni ayblaydi. Yaqin Sharqda namoyish to‘lqini avjlandi, ayrim mamlakatlarda juhud elchiliklariga hujum qilindi.

Qo‘shma Shtatlar “birodar davlat” himoyasi uchun Sharqiy O‘rta yer dengiziga to‘rt ming harbiy bilan ikki aviatsiya tashuvchi kema keltirib qo‘ydi. Livandagi, Eron qo‘llovidagi “Hizbulloh” shimol tomondan Isroilga qarshi ikkinchi frontni ochib, jangga kirishi aytildi.

Eron hozircha tahdidli bayonot berish bilan cheklanmoqda. Urushda qatnashish istagidagi ko‘ngillilar to‘planyapti – ular soni uch milliondan oshgani xabari berildi.

Aksariyat arab davlatlari falastinliklarga xayrixoh, ammo ayrimlar ko‘nglida XAMAS muammosini hal etish niyati ham yo‘q emas. Masalan, ushbu harakat Misr va Iordaniyada taqiqlangan.

Salkam ikki haftadir-ki, G‘azo o‘qqa tutilmoqda. Insonlarning ommaviy qirg‘inidan, deyarli, butun dunyo noroziligi tufayli Isroil armiyasining G‘azoga quruqlikdagi amaliyoti kechiktirilishi, ko‘lami qisqartirilishi yoki umuman bekor qilinishi ehtimoli yo‘q emas.

Bayden Tel-Avivda Netanyaxuni qiziqqonlikdan voz kechish, sovuqqonlik ko‘rsatishga, Amerikaning 2001 yil sentyabrdagi xatosini takrorlamaslikka chaqirdi.

Oq uy Kongressdan Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun salkam yuz milliard mablag‘ so‘ramoqchi. Aslida, bu pul bilan na Yaqin Sharq, na Kiyev muammosini hal etib bo‘lmaydi.

Vashington Isroilning qandaydir “qashshoq guruh”dan, yoki Ukrainaning ham mag‘lub bo‘lishini sirayam hazm qilolmaydi, deydi tahlilchilar. Yutqazish Amerikaning “super kuch” imijiga putur yetkazadi, prezidentlik sayloviga ham salbiy ta’sir etadi. Demak, Bayden quruqlikdagi janglarning muqobili ko‘rilmoqda, deya bekorga aytmagan, chog‘i.

Ekspertlar fikricha, Isroilga qarshi yangi norozilik, aslida, Netanyaxuning o‘tgan yil oxirida hukumatga qayta kelishi bilan boshlangan. Yanvar va may oylarida milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvirning Quddusdagi musulmonlar muqaddas joylariga ig‘vogarona tashrifi ham keskinlik kuchayishiga sabab bo‘lgan. O‘shanda qator arab davlatlari bilan bir qatorda XAMAS ham juhud vaziriga ayni amallari uchun jiddiy tahdidlar qilishgan edi.

Hozircha Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish rejasi yo‘q, BMTning to‘laqonli Falastin davlati tashkil etish rezolyutsiyasi necha o‘n yillardan beri qog‘ozda qolib kelmoqda. Shu bahona balki...

To‘g‘ri, reja qabul qilingan vaqtdan buyon ancha suv oqib o‘tdi, hozir mintaqa chegaralari avvalgidek emas. Falastinliklar mafkurasi ancha o‘zgargan. Ularni doim qo‘llab kelgan Sovet Ittifoqi, sotsializm lageri ham yo‘q bugun.

– Yaxshi ma’noda, – deydi tahlilchilar, – G‘azoda davlat institutlari yaratish uchun, avvalo, odamlar ongini o‘zgartirish kerak, xuddi-ki, urushdan keyingi Germaniya kabi...

Tinchlikparvar Falastin davlatiga asos solishda arab mamlakatlari, ayniqsa Misr va Saudiya Arabistoni bosh-qosh bo‘lmog‘i lozim. Ko‘p yillardan beri bu mavzuda balandparvoz gaplardan boshqa amaliy sa’y-harakat kuzatilmayapti. Yaqin Sharqdagi bugungi keskin vaziyat yangi rejalarni o‘rtaga chiqarishi kutilyapti.

Koshki, falastinliklar foydasiga bo‘lsa…      

Isroilning yaralishi...

Isroil taqdiri 1947 yil 29 noyabrda hal bo‘lgan. BMT Bosh assambleyasi sessiyasida Buyuk Britaniyaning Falastindagi mandatini to‘xtatish va hududda ikki mustaqil davlat tuzish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi qabul qilinadi. Arab davlatlari bu yerni ikkiga bo‘lish siyostatiga qarshi chiqadilar. Isroil davlati yaratilishida Stalin muhim rol o‘ynaganiga tarix shubha qoldirmaydi...

Falastin 1918 yilgacha Usmoniy saltanati tarkibida bo‘lgan, juhud yetakchilari Sultonlardan hududga ko‘chib borish uchun muntazam izn so‘rab kelgan va har safar “ma’lum” javob olgan.

Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar ligasi qarori bilan Falastinni boshqarish mandati Buyuk Britaniyaga beriladi. Bu payt hududda 568 ming musulmon-arab, 74 ming nasroniy va 58 ming yahudiy yashagan.

Ko‘p yillar juhud aholisi bu tuproqda partizanlik harakati olib borgan. Ikkinchi jahon urushiga kelib, ularning Falastinga noqonuniy ko‘chishi ancha jonlangan.

1946 yil yozda “Shoh Dovud” mehmonxonasida joylashgan Britaniya armiyasi qarorgohiga hujum uyushtiriladi va 28 angliyalik o‘ldiriladi. Shundan keyin London barqarorlikni ta’minlay olmagani uchun mandatidan voz kechishni ma’qul ko‘radi.

1947 yil fevralda BMT Falastin bo‘yicha maxsus komissiya ochadi. Bu payt hududda bir milliondan ziyod arab, 614 ming yahudiy va 146 ming nasroniy yashar edi.

BMT Nizomiga ko‘ra, rezolyutsiya qabuli uchun mamlakatlarning uchdan ikki qismi qo‘llab ovoz berishi kerak. 1947 yil noyabrida xalqaro tashkilotga 58 davlat a’zo edi. Sovet Ittifoqi BMTda to‘rtta yurt ovozini nazorat qilardi – Ukraina, Belorussiya, Chexoslavakiya va Polsha. Davrning agressor davlatlari – Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ruminiya, Vengriya kabilar hali BMTga kirmagan. Afrikaning katta qismi, Osiyo mamlakatlarining, deyarli, yarmi mustamlaka...

Израиль - общая информация о стране

Isroilga, asosan, musulmon davlatlar – Afg‘oniston, Misr, Eron, Iroq Livan, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya va Yaman, shuningdek, Hindiston, Gretsiya, Kuba, Yugoslaviya va Buyuk Britaniya qarshi ovoz beradi.

Xullas, Isroil Davlati mustaqilligi 1948 yil 17 may kuni e’lon qilinadi. Ertasiga AQSH, ikki kundan keyin esa Sovet Ittifoqi buni e’tirof etadi. Isroil bilan birinchi diplomatik munosabatni AQSH o‘rnatadi.

Stalin qat’iyat ko‘rsatmaganda Isroil tashkil etilmasdi, deyishadi sovet tarixchilari. Bu Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi va Sovet Ittifoqi siyosatiga ta’sir qila boshladi.

Stalin Britaniyani Yaqin Sharqdan siqib chiqarishga harakat qilgan, qabilidagi faraz ham to‘g‘ri emas. Zero, Angliya Falastindagi mandatini o‘z ixtiyori bilan cho‘zishdan voz kechgan. Qolaversa, Britaniya Hamdo‘stligiga kiruvchi Yangi Zelandiya, Kanada, Avstraliya Isroilni yoqlab ovoz bergan.

Isroil mustaqilligi e’lon qilingan kuniyoq Iroq, Suriya, Misr, Livan va Iordaniya yangi davlat hududiga bostirib kiradi va birinchi Arab – Isroil urushi boshlanadi. Aynan mana shu savashda sovetlar yahudiylarga tezkor va samarali harbiy yordam beradi...

Tarixchilar Stalin adolat nuqtai nazaridan Isroilga yordam berganini ta’kidlashadi, ammo jahon jamoatchiligi hanuz sovet rahbarining asl niyatini oxirigacha anglab yetmagan...

XAMAS harakati...

YeI, Germaniya, Isroil, Kanada, AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlar XAMASni terror tashkiloti, deb e’lon qilgan. Avstraliya va Buyuk Britaniya esa XAMASning jangovar qanoti – “Iziddin Al-Qassama brigadasi” guruhini terrorchi ataydi.

Braziliya, Qatar, Xitoy, Norvegiya, Turkiya, Shveysariya kabi davlatlar, shuningdek Islom hamkorlik tashkiloti XAMASni terrorchi tashkilot, deb bilmaydi.

Rossiya ham terror tashkilotlari safiga qo‘shmaydigan bu harakat yetakchilari bir necha marta Moskvaga kelib-ketgan.

XAMAS arabcha “Harakat al-Mukavama al-Islamiya” – “Islom qarshilik harakati” qisqartmasidir.

Harakat birinchi Falastin intifodasi boshlanishi bilan Misrdagi “Musulmon birodarlar” va G‘azo sektoridagi Falastin islom jihodi negizida 1987 yil dekabrda tashkil topadi. Tuzilmaning ma’naviy yetakchisi shayx Ahmad Yasin Qohira universiteti ingliz bo‘limi bitiruvchisi.

Yosir Arofatning Falastinni ozod qilish tashkilotiga muxolifat bo‘lgan XAMAS, Ramallohdagi FATH harakatidan farqli o‘laroq, Isroil davlati mavjudligini boshidan tan olmaydi.

1993 yil Osloda Isroil va Falastinni ozod qilish harakati o‘rtasida Birinchi intifoda – Isroil 1967 yildagi “olti kunlik” urushda bosib olgan yerlarni qaytarib olish bo‘yicha 1987-1993 yillardagi falastinliklar qo‘zg‘oloni tugagani to‘g‘risidagi bitim imzolanadi.

XAMAS Oslo hujjatini tan olmaydi va qarshilikni davom ettiradi.

2004 yil mart va aprel oylarida Ahmad Yosin va uning vorisi Abdul Aziz Ar-Rantissiy Isroil raketa hujumi natijasida o‘ldiriladi. Ayni shu yili Arofat o‘z ajali bilan vafot etadi. Shundan keyin XAMAS Falastin muxtoriyati siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydi.

2006 yil Falastin qonunchilik kengashiga saylovda aksariyat ovozni olib, hukmron FATH partiyasidan ustunlikka erishadi.

XAMAS 2007 yil G‘azodagi FATH bo‘limi bilan qurolli to‘qnashuv natijasida mintaqa hukumatini qo‘lga kiritadi. FATH esa Iordan daryosi g‘arb qirg‘og‘idagi mavqeini saqlab qoladi va Mahmud Abbos boshchiligida yangi hukumat tuzadi. Shu tariqa Falastin muxtoriyati ikki jug‘rofiy qismga va ikki siyosiy dushman lageriga bo‘linadi.

G‘azoga o‘rnashib olgan XAMAS Isroilga hujumni davom ettiradi. Juhudlar bunga javoban harakat infratuzilmasini yakson qilish uchun “Quyma qo‘rg‘oshin” (2009 yil), “Bulutlar ustuni” (2012 yil) va “So‘nmas qoya” (2014 yil) harbiy amaliyotlarini yo‘lga qo‘yadi.

G‘azo sektori dunyodagi eng zich joylashgan tumanlardan biri. Bu yerda ikki milliondan ziyod arab istiqomat qiladi. Hududning uzunligi 40 kilometr, kengligi 10 kilometr atrofida. Umumiy maydoni taxminan 360 kvadrat/kilometr.

Sektor Isroil va Misr bilan chegaradosh, g‘arbdan O‘rta yer dengiziga tutash. Aholisining katta qismi o‘ta qashshoq, xalqaro gumanitar yordam evaziga kun ko‘radi.

Ma’lumotlarda aytilishicha, XAMASning raketa uskunalari turar-joy, maktab, kasalxonalar tomiga joylashtirilgan, qo‘mondonlik markazi ko‘p qavatli uylardan boshqariladi, anklavga qurol-aslaha yetib kelishi uchun Misr hududidan tunel-yo‘llar ochilgan.

Fors ko‘rfazi davlatlaridan ko‘mak kelib turishiga monelik qilinmaydi. Harakatning eng muhim donori va xorijiy ittifoqdoshi Qatar, mamlakat Amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniy 2012 yil G‘azo sektoriga tashrif buyurgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi. O‘shanda Qatar XAMASga 1,5 milliard yevro mablag‘ bergan.

Yana bir muhim ittifoqdosh – Turkiya. Erdog‘an Ismoil Xaniya bilan muloqot qilib turadi.

XAMASni, shuningdek, turli davlatlardagi o‘nlab nohukumat tashkilotlar qo‘llaydi. “Der Spiegel” jurnali ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya harakat hisobiga millionlab yevro mablag‘ o‘tkazib bergan.

Bir vaqtlar AQSH sobiq kongressmeni Ron Pol “XAMAS Isroil tomonidan Yosir Arofatga qarshi turish uchun tuzilgani”ni aytgan, sobiq Bosh vazir Isxak Rabin esa “XAMASni tuzish va qo‘llab-quvvatlash juda katta xato bo‘lgani”ni e’tirof etishi tabiiy hol.

Tahlilchilar bu o‘rinda G‘arb tashabbusi bilan “Tolibon”, “Islom davlati” va boshqa terror tashkilotlari tashkil etilib, keyin nadomat chekilganini eslatadilar...

Buguncha shu.

Kelasi jumada xabarlashguncha!

Abror G‘ulomov,

O‘zA siyosiy sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jumadan jumagacha