Jumaboyev G‘ulomjon Shermatovichning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Toshkent vohasi sharoitida Ispan mingboshi (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) bioekologiyasi va yetishtirish texnologiyasi” mavzusida
Jumaboyev G‘ulomjon Shermatovichning “Toshkent vohasi sharoitida Ispan mingboshi (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) bioekologiyasi va yetishtirish texnologiyasi” mavzusidagi 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023 yil 31 iyul 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent viloyati, 100164, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti, Bosh binosi ilmiy kengash majlislar xonasi.
Tel.: (+99871) 260-48-00; (+99871) 260-47-70 faks: (+99871) 260-38-60
E-mail: tuag_info@edu.uz