JSST tromboz bilan AstraZeneca o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topmadi
Yevropa dori vositalari agentligidan so‘ng, JSST mutaxassislari ham qon quyilishi va AstraZeneca vaksinasi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini aniqladi.
JSST vaksinaning foydasi potensial xavfdan yuqori, tromboz holatlari esa tabiiy ravishda yoki COVID-19 tufayli yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblaydi.
Shundan so‘ng Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar AstraZeneca dan foydalanishni qayta boshlashini e’lon qildi.
Buyuk Britaniya va Fransiya bosh vazirlari Boris Jonson va Jan Kasteks AstraZeneca vaksinasi bilan emlanib bo‘ldi.
Jonson AstraZeneca vaksinasi xavfsizligiga ishonishini va kovid bilan kasallanish xavfliroq ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston AstraZeneca vaksinasining 2,2 million dozasidan 660 mingtasini oldi. Ushbu preparat bilan ommaviy emlash 23-24 mart kunlari boshlanadi.
O‘zA