JSST: Pandemiya uzoq davom etadi
Jenevada jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar boʻlimining Sovid-19 kasalligining olti oy mobaynidagi tahlili boʻyicha toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Jenevada jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar boʻlimining Сovid-19 kasalligining olti oy mobaynidagi tahlili boʻyicha toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Videokonferens-aloqa tizimida oʻtgan yigʻilish xulosasiga koʻra pandemiya yana uzoq davom etishi mumkin. Shu sababli tashkilot mamlakatlar uchun quyidagi tavsiyalarni taklif qildi:
Epidemiologik nazoratni kuchaytirish, kasallanganlar bilan aloqada boʻlganlarni kuzatish, test oʻtkazish jarayonini ommalashtirish;
sogʻliqni saqlash tizimini yetarli mablagʻ va kadrlar bilan taʼminlash;
sogʻliqni saqlash tizimini mavsumiy grippga va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishga tayyorlash;
xavfni oldindan baholagan holda xalqaro turizm boʻyicha chora va tavsiyalarni ishlab chiqish;
mamlakatdagi pandemiya bilan bogʻliq vaziyat haqida Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini muntazam ogoh qilish;
fuqarolik jamiyatini Covid-19 qarshi kurashishda birdamlikka chorlash;
jamoatchilik nazoratini oshirish va dezinformatsiyaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish.