31 may — Butunjahon tamakisiz kun

Dunyodagi bolalarning deyarli yarmi tamaki tutuni bilan ifloslangan havodan nafas oladi va har yili 65 ming nafar bola atrof-muhitdagi tamaki tutuni ta’siridan kelib chiqqan kasalliklardan vafot etadi. Homiladorlik paytida chekish esa chaqaloqlarda umr bo‘yi davom etadigan jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.  

Inson organizmi chekish uchun yaratilmagan. Birinchi marta tamaki chekishda organizm yo‘tal ko‘rinishida unga qarshilik ko‘rsatadi. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazsada, chekish orttirilgan odat hisoblanadi.  

Joriy yilda Butunjahon tamakisiz kun yoshlarga mo‘ljallangan tamaki mahsulotlari paydo bo‘lishiga chek qo‘yishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Shu kuni butun dunyo yoshlari, siyosatchilar hamda tamakiga qarshi kurashish sohasi faollari ushbu muammoni muhokama qilishga kirishadi. Ular mamlakatlar hukumatlarini yoshlarni tamaki sanoatining turli nayranglaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishga da’vat etadi.  

Tamaki ishlab chiqarish sanoati vakillari bolalar va o‘smirlarga jozibali bo‘lib ko‘rinadigan mahsulotlarni yaratayotgani va reklama usullarini o‘ylab topayotgani achinarli holdir. Buning uchun tamaki sanoati ijtimoiy media va striming platformalardan keng foydalanmoqda.  

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab 13–15 yoshdagi 37 million nafar o‘g‘il-qiz tamakini u yoki bu shaklda iste’mol qiladi. JSSTning Yevropa mintaqasida esa 13–15 yoshdagi 11,5 foiz o‘g‘il bolalar va 10,1 foiz qizlar tamaki chekadi. Tamaki tarkibidagi nikotin qaramlikni keltirib chiqaradi hamda uning iste’moli yurak-qon tomir va nafas olish tizimi kasalliklari, saratonning 20 dan ortiq turi va boshqa ko‘plab nogironlikka olib keluvchi xastalikning rivojlanishi uchun asosiy xavf omilidir. Har yili 8 million nafardan ortiq odam tamaki iste’moli oqibatlaridan vafot etadi. 

Ba’zi mahsulotlar, masalan, elektron sigaretalar, qizdiriladigan tamaki mahsulotlari va nikotinli snyuslar yoshlar orasida tez ommalashmoqda. Shuningdek, dunyoning barcha hududlarida bolalar o‘rtasida elektron sigaretani iste’mol qilish ko‘rsatkichlari kattalarnikidan yuqori. Ayrim mamlakatlarda elektron sigaretalarning maktab o‘quvchilari orasida tarqalgani odatdagi sigaretalarga qaraganda 2-3 baravar katta ko‘rsatkichga ega.  

– O‘zbekistonda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda yoshlarni tamaki mahsulotlaridan himoya qilish maqsadida qator choralar ko‘rilmoqda, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov. — Xususan, 2023 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham mamnuniyat bilan qarshi olindi. Joriy yilning 18 mayida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlandi. Hozirda vakolatli organlar tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi choralar ko‘rilib, ularning zarari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.  

Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talafotlarning yomon oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JSST: Dunyo bo‘ylab 37 million nafar o‘g‘il-qiz tamakini u yoki bu shaklda iste’mol qiladi