Yig‘imlarning ayrim turlarini belgilash, vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish bilan bog‘liq normalarni aniqlashtirish zarurati yuzaga kelgani bois “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

2025 yil 17 mayda kuchga kirgan mazkur qonunda aynan qaysi jihatlar qamrab olingan?  

– Qonun bilan Soliq kodeksi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, – dedi  Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev. – Xususan, pivo va pivo ichimliklari bilan hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqlari uchun yig‘imlar joriy etilishi munosabati bilan qonunchilikka ushbu yig‘imlarning turlari kiritildi. Mazkur yig‘imlarni to‘lovchilar aniqlashtirildi.  

Qonunga ko‘ra, shunday mahsulotlar bilan savdo qilishni boshlagan tadbirkorlar bu haqda vakolatli davlat organini xabardor qilishi kerak. Shunda ular o‘sha mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqiga ega tadbirkorlar sifatida e’tirof etiladi va belgilangan yig‘imni to‘lab boradi.    

Yig‘imlarni to‘lashning yangi tartibiga asosan pivo va pivo ichimliklari bilan yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar har oyda oldindan to‘lov tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.  

Bundan tashqari, qonun bilan tadbirkorlikni va ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan qator vaqtinchalik soliq imtiyozlari kiritildi.  

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berildi.  

Parrandachilik sohasidagi korxonalarni hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonunda 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ekin maydonlaridan tashqari yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.  

Bunda, soliq imtiyozi parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya  qilayotgan hamda belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etiladi.    

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, respublika bo‘yicha jami 1 ming 218 parrandachilik korxonasi mavjud bo‘lib, ularning ekin maydonidan tashqari yer maydoni 12,7 ming gektarni tashkil etadi.  

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i stavkalari yer maydonining joylashgan hududiga qarab 27 million so‘mdan 44 million so‘mgacha belgilangan.  

Qonun bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘idan 2027 yil 1 yanvarga qadar ozod etildi. Ijaraga berilgan ob’ektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i ham shu jumladandir.    

Boshqacha aytganda, 51 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bo‘yicha yillik o‘rtacha 17 milliard so‘mlik soliq imtiyozi taqdim etildi.  

Umuman, qonun bilan soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishiga va soliq to‘lovchilarda turli xil tushunmovchiliklarning bartaraf etilishiga oid normalar joriy etildi. Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlariga qulay va teng shart-sharoit yaratildi. Soliq imtiyozlari orqali parrandachilik korxonalari ixtiyorida qolgan qo‘shimcha mablag‘lar sohani rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun yo‘naltiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va moddiy resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati oshadi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Joriy etilgan yangi soliq imtiyozlari qanday maqsadlarga xizmat qiladi?