Jo‘rayev Ilhomjon Kamolidinovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
«Kichik biznes sub’ektlarida iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish (to‘qimachilik korxonalari misolida)» mavzusida
Jo‘rayev Ilhomjon Kamolidinovichning 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha «Kichik biznes sub’ektlarida iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirish (to‘qimachilik korxonalari misolida)» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalarni beruvchi PhD.03/27.05.2020.I.66.03 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 19 dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160115, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy.
Tel.: (0569) 228-76-71; faks: (0569) 228-76-75
e-mail: niei_info@edu.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).