Jöqorği Kenges raisi tadbirkor yoşlar bilan uçraşdi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus şahrida faol va taşabbuskor, şuningdek, mahallalarda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan yoşlar bilan uçraşdi.
Unda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini röyobga çiqariş va tadbirkorlik faoliyatini kengaytiriş borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritildi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga, şu jumladan, yoşlarning bandligini taʼminlaş va ularning biznes loyihalarini qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan alohida eʼtibor taʼkidlandi. Şuningdek, davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-noyabrdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar, ulardan yoşlar manfaati yölida samarali foydalaniş masalalari yuzasidan maʼlumot berildi.

Muloqot davomida yoşlar tomonidan tadbirkorlik loyihalarini amalga oşiriş uçun bank kreditlari, faoliyat yuritiş uçun bino va inşootlar ajratiş, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, şuningdek, startap loyihalarni boşlaşda yuzaga kelayotgan masalalar kötarildi.

Har bir murojaat va taklif körib çiqilib, ularning yeçimini topiş böyiça tegişli masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida amaliy çoralar köriş, qolganlarini esa belgilangan tartibda hal etiş böyiça topşiriqlar berildi.
Uçraşuv yakunida yoşlar bilan muloqotni izçil davom ettiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va tadbirkorlik faoliyatidagi tösiqlarni bartaraf etiş zarurligi taʼkidlandi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri