FOTOREPORTAJ

Ta’lim tizimidagi uzoq yillik samarali mehnati uchun surxondaryolik 4 nafar o‘qituvchi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi.  

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ushbu ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

[gallery-15003]

Boshqarma boshlig‘i X. Mamadiyev tadbir davomida ustozlarning sohadagi samarali mehnati, jonkuyarligini e’tirof etib, ularga o‘z minnatdorchiligini  bildirdi.  

Marosimda Boysun tumanidagi 17-maktab o‘qituvchisi Sharofat Qobilova, Muzrabot tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi Abdurayim Korolov, Uzun tumanidagi 14-maktab o‘qituvchisi Zebiniso Nazarova, Sho‘rchi tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi Bo‘rixol Sattorovaga  “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonkuyar ustozlar mehnati munosib taqdirlandi