Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 14 mingdan ortiq xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqda. Ularning 5 mingdan oshig‘i fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan bo‘lsa, 700 dan ziyodi yuqori ilmiy unvonlarga erishgan.

Ana shunday olima ayollar orasida Qarshi davlat universitetining mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent, “Shuhrat” medali sohibasi Jamila Sherqulova ham bor.  

Jamila Sherqulova uzoq yillardan buyon mazkur ta’lim muassasasida talabalarga biologiya fanidan saboq berib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib boryapti. Bir qator yangi tadqiqotlar, ixtirolar muallifi hisoblanadi. Xususan, olimaning ilmiy tadqiqotlari natijasida 70 ta ilmiy, 9 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi nashr etilgan.  

– Har qanday ilmiy izlanishning natijasi u jamiyatga foyda keltirgandagina qadrli bo‘ladi, – deydi Jamila Sherqulova. – Shu ma’noda, shogirdlarim bilan jamiyat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab mavzularda tadqiqotlar olib boryapmiz. Xususan, o‘tgan 2023 yilda “Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada ishtirok etib, 1 milliard so‘mni qo‘lga kiritgan edik. Ayni paytda bu borada juda katta ilmiy izlanishlar olib bormoqdamiz. Bundan tashqari, shogirdlarimning qishloq xo‘jaligi, eko olam uchun zarur bo‘lgan ko‘plab tadqiqotlariga rahbarlik qilyapman.  

Yurtimizda qilingan haqiqiy mehnat albatta o‘z e’tirofini topadi, degan naql bor. Jamila Sherqulovaning ham mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari inobatga olinib, 2023 yilda Prezident farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jonkuyar ustoz, fidoyi olima