Yaponiyada 2017 yilda to‘qqiz kishini o‘ldirgan shaxs qatl qilindi.

“Twitter qotili” nomini olgan Takahiro Shiraishining ketma-ket qotilliklari butun mamlakatni hayratda qoldirdi. O‘sha paytda 30 yoshli Shiraishi o‘z qurbonlarini, aksariyati 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan yosh ayollarni o‘z kvartirasiga taklif qilib bo‘g‘ib o‘ldirgan. Ta’kidlanishicha, “qurbonlar”ning o‘zlari bunga rozi bo‘lgan.

“BBC” xabariga ko‘ra, ayni vahshiylik 2017 yil oktyabr oyida politsiya Tokio yaqinidagi Zama shahrida qurbonlardan birining tana qismlarini topganida fosh bo‘lgan.

Keyinchalik Shiraishi o‘z aybiga iqror bo‘lgan va ular bilan “Twitter”da, hozirda “X” nomi bilan tanilgan ijtimoiy media platformasida tanishganini aytgan.

Mashhur qotilning ijtimoiy tarmog‘ida shunday so‘zlar yozilgan: “Men haqiqatan ham dardi bor odamlarga yordam berishni xohlayman. Iltimos, menga istalgan vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yuboring”.

Prokurorlar Shiraishi uchun o‘lim jazosini so‘ragan bir paytda, uning advokatlari qurbonlar o‘ldirilishga o‘zlari ruxsat berganligini da’vo qilib, “rozilik bilan bo‘lgan qotillik” bo‘yicha yengilroq ayblovni talab qilgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jonidan to‘ygan”larga yordam bergan “Twitter qotili”