Jon Terri: Angliya terma jamoasi Argentinadan kuchliroq
Angliya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv 15-iyuldan 16-iyulga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri Jahon chempionatining yarim finalidan oʻrin olgan Angliya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Londonning «Chelsi» afsonasi AlbicelesteTalk nashriga bergan intervyusida raqib jamoaning imkoniyatlariga toʻxtalib oʻtdi.
"Argentina menda hech qanday xavotir uygʻotmaydi. Ikkala jamoa tarkibi va oʻyinini oʻzaro qiyoslab, raqib bizdan ustun degan fikrga kelib boʻlmaydi. Menimcha, Angliya terma jamoasi Argentinadan kuchliroq", — deya taʼkidladi Jon Terri.
Angliya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv 15-iyuldan 16-iyulga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.