Jo Baydenning o‘g‘li soliqlar bo‘yicha tergov qilinmoqda
AQSH saylovida qo‘li baland kelgan Jo Baydenning o‘g‘li soliq ishlari bo‘yicha tergov ostida ekani aytilmoqda. Xanter Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u tergovdan seshanba kuni xabar topgan.
Mazkur ish Delaver shtatidagi federal prokuratura tomonidan olib borilmoqda.
Xanter Bayden masalani juda jiddiy qabul qilgani, ammo qayta ko‘rib chiqish ishni qonuniy va munosib hal qilishiga ishonishini ta’kidladi. Boshqa tafsilotlarni esa oshkor qilmadi.
Prezidentlik saylovi yakunlangan bo‘lsa ham, Jo Baydenning o‘g‘li Xanter respublikachilar tomonidan uyushtirilayotgan hujumlarning doimiy nishonasi bo‘lib qolmoqda.
Tergov jarayoni, agar, yangi prezident keyingi oyda qasamyod qabul qilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, janob Baydenning bosh prokurorni tanlashi tergovni nazorat qilishda yordam berishi mumkin. Bu haqda “AP” nashri ma’lum qildi.
Jamoa tomonidan berilgan bayonotda Xanter qiyin vaziyatda, jumladan so‘nggi kunlarda hujumga qarshi kurashgani uni faqat kuchli bo‘lishga undaydi, degan fikr bildirilyapti.
Darvoqe, Xanter Baydenning Ukrainadagi faoliyati ham "muammoli", deyilgan hisobotda.
O‘tgan yili Donald Tramp Baydenni tergov qilish uchun Ukrainaga bosim o‘tkazishda aybdor, degandi. Uning harakati vakolatni suiste’mol qilish va Kongressga to‘sqinlik qilish sifatida baholangan.
Natijada Tramp fevral oyida Senat tomonidan oqlandi.