Jo Bayden davlat mashinalarini elektrlashtirishga vaʼda berdi
Demokratlardan AQSH prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan Jo Bayden davlatga qarashli barcha avtoparklarni elektrlashtirish taklifini ilgari surdi.
Demokratlardan AQSH prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan Jo Bayden davlatga qarashli barcha avtoparklarni elektrlashtirish taklifini ilgari surdi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari juda katta avtoparkka ega. Biz ushbu hukumatga qarashli avtomobillarning barchasini elektr bilan yuradigan avtomobillarga oʻtkazishimiz kerak. Hukumat shunday mashinalarga talabning oshishini ragʻbatlantirishi va zavodlarning qayta jihozlanishiga grantlar berishi lozim”, - dedi u seshanba kuni Delaver shtatida soʻzga chiqib.
Uning chiqishini Fox News telekanali namoyish qilib borgan.
Jo Baydenning taʼkidlashicha, bu oddiy isteʼmolchilarning ham elektrkaralarga oʻtishini yengillashtiradi.
“Nafaqat 500 ta zaryadlagich stansiya qurilishi, balki Amerikada ishlab chiqarilgan avvalgi mashinalarni ham almashtirish uchun imtiyozlar taqdim etish va ragʻbatlantirish yoʻli bilan har yili yuz milliardlab barrel neftni iqtisod qilish mumkin”, - qoʻshimcha qildi Bayden.
Uning aytishicha, bu shuningdek, avtomobil industriyasida yana millionta yangi ish oʻrnini yaratish imkonini beradi.