AQSH va uning ittifoqchilari Rossiya va Xitoydan tovar import qilishni cheklashi lozim, dedi AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden.

Bayden AQSHga tovar yetkazib beruvchilar zanjirini va taʼminot tizimini takomillashtirish rejasini taklif etdi, deb yozadi TASS.

Jo Baydenning saylovoldi shtabi saytida taʼkidlanishicha, u “Xitoy va Rossiya kabi mamlakatlardan importni maqsadli ravishda cheklashni” joriy qilishga tayyor. Uning aytishicha, ushbu mamlakatlar «milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda”. Bu kabi choralar «oʻta muhim infratuzulmalarni himoya qilish uchun” taklif etilayotir, deydi u.

Uning taʼkidlashicha, AQSH kompaniyalari muhim ahamiyatga ega mahsulotlarni yetkazib berishda uzilishlar boʻlgan taqdirda koʻriladigan choralar rejasini tayyorlashlari zarur.

Baydenning fikricha, AQSH ham, uning ittifoqchilari ham “oʻta muhim tovarlarni olishda Xitoy va Rossiya kabi davlatlarga qaram boʻlib qolmasligi kerak”, shu bois “taʼminot tizimi xavfsizligiga yangicha yondoshuv” va «savdo qoidalarini yangilash” talab etiladi.

Bayden oʻz chiqishida koʻproq Xitoy haqida gapirgan. U Pekinni Amerika kompaniyalariga xom-ashyo yetkazib berilishiga toʻsiq qoʻyishda ayblagan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jo Bayden: AQSH Rossiyadan mahsulot sotib olishni cheklashi lozim
Хориж хабарлари
12:26 / 08:07:2020