Joriy yilning 20-26 mart kunlari BAAning Dubay shahrida matematika, mental arifmetika, ingliz tili va arab tili fanlari bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiada bahslarida O‘zbekiston,jumladan, Jizzax shahri o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Bir hafta davom etgan bilimdon o‘quvchilar olimpiadasi bahslarida Xitoy Xalq Respubliksi, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi Osiyo  davlatlaridan borgan o‘quvchilar g‘oliblik uchun kurashdi.

Ana shu fanlar olimpiadasi bahslarida Jizzax shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Ravshanbek Norkazakov  matematika olimpiadasida  tengqurlari orasida eng yuqori natijani qo‘lga kiritib, super chempion, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, yana 2 nafar Jizzax shahrilik 6-sinf o‘quvchisi Shohjaxon Ortiqboyev hamda Firdavs Zoirjonov ingliz tili olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritdi.  

A.Qayumov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lishdi