O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov energetika sohasi bilan o‘tgan yig‘ilishda aholini gaz, elektr, ko‘mir, issiqlik va boshqa yoqilg‘i ta’minotida jiddiy e’tibor qaratilishi lozimligi yuzasidan mutasaddilar zimmasiga aniq vazifalar yukladi.

Qish faslining ilk oyi – dekabr boshlanishi bilan O‘zbekistonning barcha hududlari uzra qalin qor yog‘ib, mamlakatimiz uchun noodatiy bo‘lgan havo haroratining keskin sovushi kuzatilmoqda. Bunday paytda, idora, uy joy va xonadonlarni isitishga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortib, gaz, elektr energiyasi, yoqilg‘i mahsulotlarini sarflash darajasi me’yoridan ortib, ta’minotda uzulishlarni yuzaga kelib chiqishi va bunday holatlar aholi orasida norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.  

Xo‘sh, Jizzax viloyatidagi gaz, elektr, ko‘mir va issiqlik ta’minoti sohasi xodimlari kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rdi? Shu yo‘nalishda aholi noroziliklarini oldini olish, muammoli vaziyatlarni tezkor va odilona hal qilish, osoyishtalikni saqlash, qorli, ayozli kunlarda aholi duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qanday chora-tadbirlar olib borilmoqda? Aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va issiqlik bilan ta’minlanishi qoniqarli ahvoldami?  

O‘zA muxbiri yuqoridagi kabi savollar bilan “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Jizzax viloyati filiali, viloyat uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi rahbarlariga murojaat qildi.  

Ushbu savollarga mutasaddilar quyidagicha javob berdi.  

– Viloyatmizda 160 ming 712 aholi xonadoni va 2 ming 237 ta ulgurji iste’molchi mavjud bo‘lib, shulardan sanoat korxonalarining 130 tasi, kichik va o‘rta biznes ob’ektlarining 1 ming 636 tasi, byudjet tashkilotlarining 450 tasi, AGTQSHlarning 15 tasi va issiqlik manbai qozonxonalarining 6 tasi tabiiy gaz bilan hamda 112 ming 582 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlari bilan ta’minlangan, – deydi “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali rahbari Bahodir Xoliqov. – Energiya resurslari bilan ta’minlash borasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noroziliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tezkor profilaktik tadbirlarni amalga oshirib borish maqsadida dekabr oyining o‘tgan davrida tabiiy gaz yetkazib berish ko‘rsatkichi 29,5 million kub metr yoki rejaga nisbatan 97,8 foizni, shundan aholiga 25,3 million kub metr yoki rejaga nisbatan 112 foizni tashkil etdi. Mavsum boshidan 24,8 million kub metr (3,9 foiz) tabiiy gaz tejaldi.

Tasdiqlangan grafik bo‘yicha 374 tonna yoki rejaga nisbatan 115 foiz suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlar aholi xonadonlariga tarqatildi. Ishimizni mahallabay tizimida olib borib, aholi va boshqa iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor, to‘laqonli va sifatli ko‘rib chiqish, rasmiyatchilik va yuzaki yondoshuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tabiiy gaz bilan ta’minlash, kuchlanish va bosim pasayishi hamda tizimdagi boshqa muammolar bilan bog‘liq barcha murojaatlarni o‘z vaqtida to‘liq ko‘rib chiqilishini qat’iy nazoratga olganmiz.

Joriy yil boshidan 10 dekabriga qadar tabiiy gaz yetkazib berishda 400 dan ortiq murojaat kelib tushdi, shundan 302 tasi ijobiy hal etildi, 90 nafar murojaatchiga zarur tushunchalar berildi va ayni paytda, 9 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishda 120 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 105 tasi ijobiy hal etildi, 10 nafar murojaatchiga zarur tushunchalar berildi, 4 ta murojaat o‘rganilmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga asosan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obe’ktlarini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida – 29 ta mavsumiy, 108 ta kafolatlanmagan va qisman o‘chiriladigan 433 ta ulgurji iste’molchilar ro‘yxati shakllantirilib, jadval viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlandi va tegishli tartibda joylarga yetkazildi.

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha 15,3 kilometr (100 foiz) gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 5 ming 134 dona (100 foiz) GRPlar taftishdan o‘tkazildi, 154,7 kilometr (137 foiz) tarmoq havo bosimida sinaldi, 164,1 kilometr (159 foiz) gaz quvurlari holati tekshirilib, 724,1 kilometr (101 foiz) gaz quvurlari bo‘yaldi.

Uzilishlarni oldini olish uchun 2022 yil noyabr oyida viloyat bo‘yicha jami 156 million metr kub tabiiy gaz olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida, 132 million metr kub sarflanadi, natijada 24 million metr kub yoki 15,4 foiz tabiiy gaz iqtisod qilindi.

Prezident Adminstratsiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan 15 ta AGTQSHni tasdiqlangan grafik asosida kech soat 17:00 dan – 23:00 ga qadar o‘chirish orqali bir oyda 9,4 million metr kub, bir kunda 315 ming 100 metr kub tabiiy gazni tejash choralari ko‘rildi.

Viloyatdagi mavjud faoliyat yuritayotgan 26 ta issiqxonalarda o‘rnatilgan gaz jihozlarida rejim-sozlash ishlarini olib borish hamda kunning mo‘’tadil davrida gaz sarfini qisqartirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali bir oyda 4 million 300 ming metr kub, bir kunda 145,1 ming metr kub tabiiy gazni tejash rejalashtirildi.

Viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan jami 403 ta ulgurji iste’molchiga kunlik o‘rtacha 380 ming kub metr hajmidagi tabiiy gaz berish qisqartirilib, aholi xonadonlariga uzatilmoqda. Jumladan, 2022 yil 1 oktyabrdan 29 ta mavsumiy iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib berilishi to‘xtatilgan bo‘lib, natijada o‘rtacha kunlik 116 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilib borilmoqda.  

Mavsum davomida tabiiy gaz yetkazib berilishi kafolatlanmagan 108 ta iste’molchining 43 tasi tarmoqdan ajratilib, o‘rtacha kunlik 720 ming metr kub gaz hajmi iqtisod qilib borilmoqda. 223 ta ulgurji iste’molchilarga havo harorati keskin pasayib ketganligi sababli gaz iste’moliga 50 foiz cheklovlar o‘rnatilib, o‘rtacha kunlik hisobda 44 ming metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinmoqda.

Kuz-qish mavsumining joriy yil(sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr oylari)ga jami 9 ming 143 tonna suyultirilgan gazga limit ajratilgan bo‘lib, noyabr oyi rejasi 1 ming 400 tonnani tashkil etadi, amalda aholi xonadonlariga 1 ming 415 tonna, 111 ming 527 ta xonadonga 120 ming dona gaz ballonlar yetkazib berildi. Shuningdek, 800 donaga yaqin gaz ballon zaxirasi yaratilgan.

Asosiy maqsadimiz, fuqarolarimizni qishli-qirovli, ayozli kunlarni betashvish, betalofat o‘tkazib, xonadonlarida zangori olovni muntazam yonib turishini ta’minlashdan iborat.  

– “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 110 ta podstansiya, 13 ming 201 kilometrdan ortiq elektr tarmoqlari va 4 ming 567 dona transformator punktiga texnik xizmatlar ko‘rsatilib, viloyatning barcha elektr ta’minoti iste’molchilari elektr energiyasi bilan ta’minlangan, – deydi “Jizzax hududiy elektr ta’minoti korxonasi” AJ texnik direktori Po‘lat O‘narov. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022-2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 522-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 2022-2023 yillar kuz-qish davrida kafolatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilda 1 ming 327 kilometrdan ortiq elektr tarmoqlari hamda 410 dona transformator punktlari 100 foiz mukammal ta’mirlandi.  

Shu bilan birga 2022 yilda salkam 2 ming 962 kilometr elektr tarmoqlari, 657 dona transformator punktlarini va 95 ta 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalarida 100 foizga joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Viloyatimiz hududida elektr uzatish tarmoqlarida talofatli o‘chishlarning oldini olish maqsadida joriy yilning birinchi choragida 183,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari daraxt shoxlaridan tozalandi. 35-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida 168 ta (PPZ) qush qo‘nishidan himoyalovchi uskunalar o‘rnatildi. Shu bilan birgalikda 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalarda estetik holatini yaxshilash bo‘yicha tozalash va bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi. Moyli uskunalarning kafolatli ishlashini ta’minlash maqsadida 140 tonna transformator moyi xarid qilinib, moyli uskunalar moy sathi me’yoriga keltirildi.

Prezident Adminstratsiyasi topshirig‘iga asosan Jizzax viloyatida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, avariya va qisqa uzilishlarni oldini olish, shamol, yog‘ingarchilik, sovuq kabi tabiiy, elektr energiyasi me’yoridan ortiq darajada sarflanishi natijasidagi zo‘rlanish (nagruzka) kabi sun’iy holatlarda yuzaga keladigan avariya va uzilishlarni qisqa fursatlarda bartaraf etish maqsadida barcha shahar va tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi 110 nafar mutaxassis xodim 17 ta tezkor brigada tarkibiga biriktirilib, 15 ta “Damas” rusumli avtomashina va 16 ta maxsus avtotransport vositasi shay holatga keltirib qo‘yildi.

Qish mavsumini betalofat va xavfsiz o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu navbatchilik guruhi belgilangan grafik asosida “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va uning shahar, tuman bo‘limlarida tunu kun navbatchilik olib boradi.  

– “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Jizzax viloyati filiali 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida viloyatning shahar va tumanlaridagi ijtimoiy soha tashkilotlari va ko‘mir yoqilg‘isiga ehtiyoji mavjud aholi xonadonlarini qo‘mir mahsuloti bilan ta’minlash ishlari reja asosida amalga oshirildi, – deydi “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Jizzax viloyati filiali direktori Mirza Xurramov. – Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi 522-son qarori ijrosini ta’minlash, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha muassasalarini tasdiqlangan reja asosida ko‘mir mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida zarur vazifalar belgilab olindi.  

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi ijtimoiy soha muassasalari rejasi jami 19 ming 616 tonna tashkil etib, shundan 100 foiz ko‘mir mahsulotlari jamg‘arildi va ushbu soha muassasalariga, jumladan, Jizzax viloyat halq ta’limi boshqarmasi tizimidagi umumta’lim maktablariga 15 ming 207 tonna (100 foiz), maktabgacha ta’lim boshqarmasi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 ming 464 tonna (100 foiz), sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi muassasalarga 1 ming 425 tonna (100 foiz), kasbiy ta’limni rivojlantirish boshqarmasi tizimidagi  muassasalarga 490 tonna (100 foiz) va viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi muassasalarga 30 tonna (100 foiz) ko‘mir mahsuloti 100 foiz yetkazib berilgan.  

Aholini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mavsum boshidan buyon filialga qarashli 6 ta ko‘mir omboriga jami 14 ming 771 tonna ko‘mir mahsuloti keltirilgan. Aholiga 14 ming 680 tonna ko‘mir mahsuloti sotilgan. Joriy yil 8 dekabr holatiga ko‘ra omborlardagi ko‘mir qoldig‘i 520 tonnani tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va “O‘zbekko‘mir” AJning buyrug‘iga asosan ko‘mirga zarurati bo‘lgan oilasida nogironligi bor, keksa, ehtiyojmand oilalarga, yashash hududiga qarab 6 ta ko‘mir omborxonalarimizdan aytilgan manzillarga ko‘mir mahsulotini o‘zimiz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yganmiz.

2022-2023 yillar qish mavsumida ijtimoiy tashkilotlarda ham, aholi orasida ham ko‘mir mahsulotida muammo yuzaga kelmasligiga ishonchim komil.

– Prezidentimizning 2021 yil 19  iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jizzax viloyatidagi mavjud 2 ming 344 ta ko‘p qavatli – ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish maqsadida 29 ta boshqaruv tashkilotlari faoliyat olib bormoqda, – deydi Jizzax viloyati uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Tursun Ergashev. – Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, shu jumladan, barcha davlat dasturlari doirasida viloyat hududlaridagi 192 ta ta’mirtalab bo‘lgan uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan 2 milliard 991 million 400 ming so‘m mablag‘ hisobidan rejada belgilangan 165 ta uyning tom qismi, 357 ta kirish yo‘lagi, 13 ta fasad, 1 ming 14 ta elektr iti ta’mirlanib, 313 ta temir eshik o‘rnatildi va 222 ta kodli qulf o‘rnatildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 25  oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan, joriy yilda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasidagi 32 ta va “Yoshlik” mahallasidagi 35 ta ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash ishlariga 33 milliard so‘m hamda “Zargarlik” mahallasida 22 milliard 400 million so‘m hisobidan “LK-1” qozonxonasi va Forish tumanining “Xonbandi” mahallasidagi 17 ta ko‘p kvartirali uylarni issiqlik ta’minoti uchun 22 milliard so‘m ajaratilishi belgilangan. Ayni paytda ushbu qaror ijrosi yuzasidan buyurtmachi Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, pudratchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha tender savdolariga qo‘yilgan.

bugungi kunda Preziden Admnistratsiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan “Jizzax suvta’minoti” MCHJ va “Issiqlik manbai” DUK va uning hududiy bo‘limlari hamda hududlarda faoliyat olib borayotgan 29 ta boshqaruv tashkilotlarida 24 soatlik dispetchirlik bo‘limlari va avariyalarni bartaraf etish birigadalari tashkil etilgan.  

Boshqaruv tashkilotlari tomonidan kunning ayozli kunlarida xonadonlarni issiqlik haroratini saqlash maqsadida kirish yo‘laklarining eshiklariga prujinalar o‘rnatish, framuga oynalarini plyonkalar bilan qoplash hamda energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida uy-joy fondining kirish yo‘laklariga harakat “datchikli lampa”lar o‘rnatilmoqda.

Shu bilan birga boshqarmaning hududiy bo‘limlari va boshqaruv tashkiloti xodimlari bilan birgalikda ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarga kirib ularning muammolari xonadonbay tizimida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Qorli-ayozli qish mavsumini betalofat o‘tkazish, fuqarolarimiz xonadonlarini issiqlik bilan muntazam ta’minlash, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yo‘lida barcha zarur chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirib boramiz.  

O‘zA muxbiri Abdujalol Qayumov suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxlik mutasaddilar qishga qanchalik tayyor?