2021 yil 10 yanvar kuni kech soat 17:10da Jizzax viloyati, Jizzax shahar, «Zilol» MFY, Mustaqillik ko‘chasida hali qurilishi nihoyasiga yetmagan turar-joy binosining bir qismi qulab tushgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bahsu munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, Jizzaxda nega uy quladi? Qurilishi bitmagan inshoot o‘z-o‘zidan qulab tushishiga qanday omil sabab bo‘lgan?

Yuzaga kelgan holat oqibatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligining kuch-vositalari safarbar qilingan.

Mazkur hodisa sabablarini o‘rganish hamda kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya sodir bo‘lgan hodisa sabablari va oqibatlarini chuqur o‘rganib, o‘z xulosasini berishi lozim. Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash, qurilish ob’ektiga ruxsat beruvchi organlarning xulosalarini ( APZ – 1-2, toposyomka), loyiha tashkilotining loyihalash ishlarini va ekspertiza yakunlarini, pudratchi tashkilot tomonidan loyiha hujjatlari hamda shaharsozlik norma va qoidalari asosida qurilish ishlari olib borilgan - borilmaganligi, ob’ektga biriktirilgan qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining mas’uliyati va javobgarligi, hujjatlarning bugungi va xalqaro standartlarga mos- mos emasligi hamda mazkur hodisa sodir bo‘lishiga omil bo‘lgan jihatlar, belgilangan talab va me’yorlarni zarur darajada bajarmagan yuridik va jismoniy shaxslarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash vazifasi ham yuklatilgan.

Xullas, barchasiga Hukumat komissiyasi oydinlik kiritadi.

Uyning bir qismi qulashi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Bu, albatta, kishini quvontiradi. Faqat, ushbu binoni qurishga bel bog‘lagan tashkilot nomi qurilishdan ko‘ra ko‘proq chorvachilikka asoslangan korxona emasmikan, degan gumonlarga olib boradi kishini. «Chorvador – Qorako‘l – Baraka» MCHJ.

A.Narzulloyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxdagi uy qulashi bilan bog‘liq farmoyish