Bugun, 30 mart kuni erta tongdan Jizzax viloyatidagi masjidlarda ham Ramazon hayiti namozi ko‘tarinki ruhda ado etildi.

Prezidentimizning joriy yil 27 fevraldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda 26 martdagi “Muborak Ramazon haytini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida Jizzax viloyatida ham bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.  

Ramazon hayiti namozini ado etishlik uchun Jizza shahri va 12 ta tuman markazi, 309 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inidagi masjidlarga hayit namozini o‘qish maqsadida boruvchilarga qulaylik yaratish, yo‘llar va masjidlar oldida paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish hamda Ramazon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi.  

[gallery-22569]

Yo‘nalishli avtobus va yo‘nalishsiz taksilar xizmati tashkil etilib, haydovchilar, viloyat IIB jamoat xavfsizlik xizmati va yo‘l harakati xizmati boshqarmasi, Respublika tez tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi Jizzax viloyat filiali, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlarining hamda haydovchilarning tongi soat 5 dan navbatchiligi tashkil etildi. Yurtdoshlarimizning masjidlarga xavfsiz kelib-ketishlari, hayit namozi paytidagi namozxonlarning salomatliklari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida namunali xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Jizzax vohasidagi har bir jome masjidi imomi hayit bayrami fazilatlari xususidagi amru ma’ruflarida Ramazon hayiti bayramini munosib nishonlash, bu kunni ulug‘ bayram sifatida yaxshi kayfiyatda o‘tkazish lozimligini, gina-kuduratlar unut bo‘lishi, ehtiyojmandlarga – zakot, fitr ro‘za, ehsonlarni vaqtida yetkazish, tuhfa etish lozimligi ta’kidlandi.  

– Qodir Alloh taboraku taologa behisob hamdu sanolar, uning payg‘ambarlariga salovatlar bo‘lsinki, Yangi O‘zbekistonimizning mo‘min-musulmonlari oylarning sayyidi va eng fazilatlisi bo‘lgan Ramazon oyini nihoyatda ko‘tarinki ruhda, kechalarini toat-ibodat, kunduzlarini ro‘zador holda o‘tkazib, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Mehmonxon Jabborov. – Islomning besh ruknidan biri bo‘lgan Ramazon ro‘zasini tutib, zimmalaridagi  vazifani sharaf bilan ado etdilar. Bugun Islom olamining ikki ulug‘ bayramlaridan biri muborak Ramazon hayiti va bu kunda Alloh taolo jamoat bo‘lib hayit namozini o‘qishni, muborak bayram sifatida nishonlashni buyurgan.  

Bugungi Ramazon hayiti kuni Jizzax viloyatining jami 169 ta jome  masjidida muborak Ramazon hayiti namozi o‘qilib, unda 69 mingga yaqin mo‘min musulmon birodarlarimiz ishtirok etgani mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat, yurtimizdagi tinchlikning yorqin samarasidir, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Joriy yildagi ro‘zai Ramazonda Jizzax viloyatidagi 169 ta masjidda taroveh namozlari o‘qilgan bo‘lsa, shulardan 117 tasida mahalliy va boshqa viloyatlardan kelgan 190 nafarga yaqin qori tomonidan xatmi Qur’on qilindi.  

Yana bir e’tiborli tomoni, mamlakatimizdagi barcha masjidlarda taroveh namozlari ham, xatmi Qur’onlar ham bir me’yorda o‘qilganidir. Buning afzal  tomoni shundaki, Jizzaxdan xizmat yuzasidan Toshkent, Qo‘qon, Samarqand yoki O‘zbekistonning har qanday boshqa shahriga Ramazon oyi davomida safar qilishiga to‘g‘ri kelgan dindosh birodarimiz, o‘sha yerdagi masjidga kirib, o‘qiyotgan namozi, o‘z mahallasida qayeriga kelib qolgan bo‘lsa, o‘sha joyidan davom ettirish imkonini berdi. Mamlakatimizdagi  xatmi Qur’on o‘qilgan har bir masjidda har tun Qur’oni karimdan ma’lum pora o‘qilib, Ramazon oyining 27 sanasi, ya’ni Laylatul qadr kechasida butun mamlakatimizda Alloh Kalomining xatmi nihoyasiga yetkazildi.

Masjidlarda muborak Ramazon hayiti namozi o‘qib bo‘lingach, jamoat bo‘lib, ana shu ezgu ishlarni boshida turgan muhtaram Prezidentimizga Allohdan tani-sihatlik, aziz boshlarini omonda saqlash so‘raldi, xizmat ko‘rsatishni sifatli ravishda yo‘lga qo‘ygan barcha xizmat vakillariga ko‘pdan-ko‘p minnatdorchilik bildirldi, ishlariga rivoj tilandi, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik, dehqonchilik, chorvachilik va boshqa barcha sohalarga barokat so‘rab duolar qilindi.  

Barchalarimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, qadrli dindoshlar!

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxdagi 169 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi