Jizzax shahrida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sport, xususan, futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Vatanimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilishga qodir iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

10 ming o‘rinli futbol stadioni, mashg‘ulotlar maydoni, ikkita mini- futbol maydonchasi, yengil atletika, suzish havzasi, gimnastika zali va konferensiyalar zalini o‘z ichiga olgan sport majmuasida barcha zamonaviy sharoit yaratilgan.

Davlatimiz rahbari 2013-yili viloyatga tashrifi chog‘ida Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qator takliflar bildirib, bu ishni amalga oshirish yuzasidan maslahatlar bergan edi. Ana shu taklif va maslahatlar asosida viloyat markazida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ko‘plab zamonaviy inshootlar barpo etilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt mobaynida Navoiy va Mustaqillik ko‘chalari 50 metrgacha kengaytirilib, pastqam uy va inshootlar o‘rnida 2-3 qavatli ko‘rkam imoratlar qurildi. Zamonaviy arxitektura talablari asosida bunyod etilgan ko‘p qavatli turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, bozorlar, istirohat bog‘lari va bolalar maydonchalari shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, aholiga katta qulaylik yaratayotir.

Shahar markazidagi sobiq “So‘g‘diyona” stadioni o‘rnida yirik sport majmuasi va istirohat bog‘i barpo etilgani ham ana shu bunyodkorlik tizimidagi yirik obyektlardan biri bo‘ldi. Futbolchilarning mashg‘ulot o‘tkazishi u yoqda tursin, yuvinishi uchun sharoitlar juda nochor ahvolda bo‘lgan eski stadion o‘rnida barcha xalqaro talablarga javob beradigan muhtasham sport koshonasi qad rostladi. 

Sport majmuasi tarkibidagi 40x20 metrli ikkita mini-futbol maydonchasida futbolchilar hamda futbol maktabi o‘quvchilarining mashg‘ulot va turli musobaqalar o‘tkazishi uchun barcha sharoit mavjud.

Majmua yonidagi tashlandiq holga kelib qolgan maydon o‘rnida istirohat bog‘i barpo etilib, shaharning eng obod va ko‘rkam maskaniga aylantirildi. Bu yerdagi favvoralar, bolalar maydonchalari, attraksionlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari aholi xizmatida.

– Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik samarasida turmushimiz tobora farovon bo‘lib bormoqda, – deydi mehnat faxriysi Abdulla ota Qarshiboyev. – Keyingi ikki yilda shahrimizning markaziy ko‘chalari kengaytirilib, zamonaviy turar joylar barpo etilgani hudud qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi. Ayniqsa, eski stadion o‘rnida zamonaviy sport majmuasining qad rostlagani nafaqat sportchilarga, balki butun Jizzax viloyati ahliga mustaqilligimizning 24-yilligi oldidan munosib tuhfa bo‘ldi. Xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday olijanob ishlar boshida turgan Yurtboshimizdan minnatdormiz.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi S.Ismoilov so‘zga chiqdi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda zamonaviy sport majmuasi