Jizzax shahrida 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalarida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

2017 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularning tafakkurini boyitish, adabiyotga mehr uyg‘otish va ularga milliy hamda jahon adabiyotining eng sara durdonalarini yetkazishda muhim ahamiyatga egadir. 

“Yosh kitobxon” tanlovi nafaqat kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib etish, balki yoshlarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini oshirish uchun ham katta imkoniyat demakdir. 

Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining hududiy bosqichida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, tafakkur va zukkolikda o‘zaro bellashdilar.

Nufuzli hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasida birinchi o‘rinni Yangiobod tumanidan Durdona Obloqulova qo‘lga kiritib, tanlovning respublika final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda forishlik Sevinch Ravshanova hamda Baxmal tumani ishtirokchisi Rayhona Abduolimovalarga nasib etdi.

15-19 yosh toifasida g‘oliblik va final yo‘llanmasi Zomin tumani nomidan tanlovda ishtirok etgan Sevinch Eshqo‘ziyevaga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa Forish tumani vakilasi Madina Abdullayeva, uchinchi o‘ringa esa tog‘li tuman Baxmaldan kelgan yosh kitobxon Sanjana Sobirovalar loyiq topildi.

Tanlovning 20-30 yosh toifasidagi bellashuvlar nihoyatda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ushbu bahsning mutloq g‘olibi Mirzacho‘l tumanilik Shohrux Tursunboyev deb topildi va u “Yosh kitobxon” ko‘rik- tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Baxmal tumanidan Farangiz Abdurahmonovaga, uchinchi o‘rin esa Jizzax shahridan Hojiakbar Baratovga nasb etdi.

G‘oliblar va turli nominatsiya sohiblariga Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlarning jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarining eng sara asarlari, diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

A.Qayumov O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari aniqlandi