Jizzax shahridagi IT-Park filialida Raqamli texnologiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mahmud G‘iyosov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Akmal Binoqulov ochib berdi. Unda hududda raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari, IT-sohasidagi natijalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda sifatli internet xizmatlarini taqdim etish maqsadida 16 ming 838 kilometr optik tolali aloqa tarmoqlari barpo etilgan. Shuningdek, 184 mingta keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi. Mobil infratuzilmani yaxshilash uchun 5346 ta baza stansiyasi ishga tushirilib, aholi punktlarining 97,5 foizi mobil aloqa va 95,5 foizi keng polosali mobil internet bilan qamrab olindi.

Viloyatda 100 foiz raqamli televideniye bilan qamrovga erishilgan. Bu 6 ta kuchli va 58 ta kam quvvatli teleradiouzatkichlar orqali amalga oshirildi.

2025 yilning dastlabki 7 oyida ko‘rsatilgan AKT xizmatlari hajmi 576,4 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 130,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatadi. Telekommunikatsiya xizmatlari umumiy hajmning 57,2 foizini, dasturlash xizmatlari esa 27,6 foizini tashkil qilmoqda.

– Jizzax IT sohasida respublikada yetakchi hududlardan biriga aylanmoqda, – deydi Raqamli texnologiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mahmud G‘iyosov. – Yil boshidan buyon 15 ta yangi IT-kompaniya IT-Park rezidentiga aylandi. Rezidentlar soni 65 taga yetdi va ular tomonidan 356 ta ish o‘rni yaratildi.

Joriy yilda 4 ta xorijiy IT-kompaniya o‘z filiallarini viloyatda ochdi. Xorijiy kapital ishtirokidagi rezidentlar soni 21 taga yetdi. Ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 68,3 milliard so‘mga, eksport hajmi esa 4644,2 ming dollarga yetdi. Bu mos ravishda 415 va 510 foizlik o‘sishni anglatadi.

Ta’lim yo‘nalishida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Coursera platformasi orqali 82,3 ming nafar yosh onlayn ta’limga jalb etilgan bo‘lib, 2025 yilda 20,3 ming nafar yosh kurslarni yakunlab, sertifikatlarga ega bo‘ldi. “Bir mahalla – yetti dasturchi” loyihasi doirasida 1402 nafar yosh xorijiy tillarga o‘qitildi. Kambag‘allikni qisqartirish maqsadida esa 1693 nafar yosh bepul onlayn kurslarda (ingliz tili, grafik dizayn, elektron tijorat va SMM) ta’lim oldi.

Joriy yil boshidan 60 dan ziyod startap ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 22 tasi MVP bosqichiga yetkazildi. Jalb qilingan investitsiyalar hajmi 240 ming dollarni tashkil etdi, 25 ta ish o‘rni yaratildi.

Raqamli davlat xizmatlari ham jadal rivojlanmoqda. Olti oyda 460 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi, shundan 75,8 foizi elektron shaklda, 24,2 foizi an’anaviy tarzda amalga oshirildi. Shu bilan birga, 1800 tashkilot elektron hujjat aylanish tizimiga ulandi, qog‘ozbozlik 97 foizgacha qisqartirildi.

Vazirlik tomonidan 2025 yil oxirigacha quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan: Jizzaxda kamida 5000 nafar yosh xalqaro IT-ta’lim platformalariga jalb etiladi. 120 nafar yosh xalqaro IT-sertifikatlariga tayyorlanib, ular chet tillarga ham o‘qitiladi va IT-kompaniyalarga yo‘naltiriladi.

IT-Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 120 milliard so‘mga yetkazish, eksport hajmini esa 8,2 million AQSH dollariga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha ravishda 1046 kilometr optik tolali aloqa qurilishi va 5100 ta keng polosali internet portlari o‘rnatilishi, shuningdek, 36 ta yangi mobil aloqa stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa, Jizzax viloyati nafaqat hududiy, balki milliy miqyosda ham raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajribaga ega hududlar qatorida qayd etilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzaxda raqamlashtirish: o‘sish va ustuvor vazifalar